Breaking News

Bayden-Putin uchrashuviga 2 kun qoldi


2011-yilgi arxiv surat. AQSh vitse-prezidenti Bayden va Rossiya Bosh vaziri Putin Moskvada
2011-yilgi arxiv surat. AQSh vitse-prezidenti Bayden va Rossiya Bosh vaziri Putin Moskvada

AQSh va Rossiya prezidentlarining Jenevadagi uchrashuviga ikki kun qoldi. Jo Bayden va Vladimir Putin ziddiyatli aloqalarni normallashtirish yo’llarini muhokama qilishi kutilmoqda.

Xalqaro hayot – 14-iyun, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:56 0:00

Rossiyani 22 yildan beri boshqarayotgan Putin Amerikaning ham respublikachi, ham demokrat prezidentlari bilan ishlashga muvaffaq bo’ldi. Har bir rahbar Rossiya bilan aloqalarni yaxshilashga so’z bergan, biroq amalda ziddiyatlar kuchaya boraverdi.

“Juda ham ko’plab masalalar to’planib qolgan, kun tartibi o’ta murakkab. Muloqot uchun ham muloqot qilish muhimdir”, - deydi AQSh-Kanada instituti ilmiy xodimi Pavel Sharikov.

Prezident Bayden AQSh-Rossiya munosabatlarini barqaror va shaffof asosga o’tkazish niyatini bildirgan. Biroq bundan oldin Bayden Putinni “qotil” deb, Kreml g’azabiga sabab bo’ldi.

Siyosiy kuzatuvchilarga ko’ra, Oq uy Putin haqida qanday tassavurga ega bo’lishidan qat’i nazar, uni inkor eta olmaydi.

“Qotil” bilan uchrashishdan nima foyda? Chunki global xavfsizlik har xil rahbarlar bilan muloqotni taqozo etadi. Bu raundda Putin g’alaba qozondi. Uchrashuvga ham erishdi. Muhokama bo’lish-bo’lmasligidan qat’i nazar”, - deydi siyosiy tahlilchi Kiril Rogov.

Putin Bayden bilan muloqot aloqalarni yaxshilashga yordam berishiga umid qilmoqda.

"Ikki tomonlama aloqalarni muhokama qilamiz. Munosabatlarni tiklash yo’llarini topishimiz kerak. Hozir ular eng quyi nuqtada”, - dedi Putin.

AQSh nazarida, Rossiyaning Amerika saylovlariga aralashgani, kiberxurujlarga qo’l urgani bunday adovatga sabab bo’ldi. Moskva barcha ayblovlarni inkor etarkan, aslida AQSh Rossiya ichki siyosatiga aralashayotganini da’vo qiladi.

Kreml tanqidchilariga ko’ra, hukumat AQShni barcha balolarda ayblab, Rossiyada norozilikni va namoyishlarni bostirishga urinmoqda.

"Nazarimda, Amerika Putinga ichki maqsadlari uchun dushman sifatida kerak. Shu bilan birga, Amerika xalqaro hamkor sifatida ham kerak”, - deydi Sankt-Peterburgdagi Yevropa universiteti olimi Ivan Kurilla.

Qurol nazorati va boshqa global masalalarga kelganda ikki mamlakat qarama-qarshiliklarni chetga surib, hamkorlik qila olishini ko’rsatgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG