Breaking News

Bayden Rossiya bilan aloqalarni yaxshilay oladimi?


Jo Bayden
Jo Bayden

So’nggi yillarda AQSh-Rossiya aloqalarida yuksalish sezilmayapti. AQShda prezidentlikka saylangan Jo Bayden bu mamlakat bilan qanday siyosat yuritadi?

Xalqaro hayot – 13-noyabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:08 0:00

So’nggi 20 yilda AQShda bir necha prezident saylandi, ammo Rossiyada rahbar hanuz Vladimir Putin.

Tramp 2016-yil saylov kampaniyasida Rossiya bilan aloqalarni yaxshilashni va’da qilgan edi, biroq ayrim kuzatuvchilar nazarida, Bayden bu yo’ldan bormaydi.

“Aloqalar ko’plab o’nqir-cho’nqirlardan iboratki, ularni yaqin orada yaxshilash haqida hozircha gapirib bo’lmaydi. Aksincha, munosabatlar yanada yomonlashishiga sabablar bor”, - deydi Moskvadagi AQSh-Kanada institutidan Pavel Sharikov.

AQSh 2016-yil saylovidan so’ng Rossiyani saylovga aralashib, Trampning saylanishiga yordam berganlikda ayblashi ketidan bu mamlakatga qator sanksiyalar qo’ydi.

Bayden shu kunlarda ko’plab davlat rahbarlaridan tabriklar olmoqda, biroq Vladimir Putin hozircha jim. Kreml AQShda saylov soxtalashtirilganiga doir da’volar ko’rib chiqilsin avval, demoqda. Rus davlat matbuoti Bayden saylovni g’irromlik bilan yutgan deya da’vo qilyapti.

AQShda prezident kim bo’lishidan qat’i nazar, Kreml bu mamlakat bilan fevral oxirida muddati tugayotgan qurol nazoratiga doir bitimni uzaytirishni istaydi.

“Strategik hujumkor qurollarni qisqartirishga qaratilgan shartnoma uzaytirilishi ketidan strategik barqarorlik haqida gapashishmoqchi”, - deydi Moskva davlat xalqaro aloqalar instituti tahlilchisi Aleksandr Chekov.

Tramp ma’muriyati bitimni qayta ko’rib chiqishni, unga Xitoyni ham qo’shishni talab qilmoqda. Bayden bu masalada Putin bilan hamkorlikka tayyor ekanini bildirgan. Shunday bo’lgan taqdirda ikki mamlakat aloqalari yangi yo’ldan borishi mumkin.

“Agar bu borada biror ijobiy natijaga erishilsa, munosabatlarni yaxshilashga turtki bo’lardi. Bu juda muhim”, - deydi faxriy diplomat Viktor Mizin.

Obama ma’muriyatida vitse-prezident bo’lgan Bayden Rossiya bilan aloqalarni yangidan boshlash tarafdorlaridan edi.

“Men ham, prezident ham Rossiya bilan yaqin aloqalar o’rnatish kerakligiga 100 foiz qo’shilamiz”, - degan edi u 2011-yilda.

Prezident sifatida Bayden buning uddasidan chiqarmikan? Buni bilishga oz vaqt qoldi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG