Breaking News

Bayden yarim o'tkazgichlar ishlab chiqarishni kuchaytirishga chaqirmoqda


Yirik kompaniyalar rahbarlari bilan video orqali muloqot paytida
Yirik kompaniyalar rahbarlari bilan video orqali muloqot paytida

AQSh Prezidenti Jo Baydenning aytishicha, uning infratuzilmani isloh qilishga qaratilgan 2 trillion dollarlik rejasi AQShda yarim o’tkazgichlar kamomadini hal qilishni o’z ichiga oladi.

Xalqaro hayot – 13-aprel, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:27 0:00

Davlat rahbari bu haqda yirik kompaniyalar, jumladan global darajada yarim o’tkazgichlar yetishmovchiligidan zarar ko’rayotgan avtosanoat yetakchilari bilan video muloqot orqali gaplashdi.

“Bu chiplar, batareyalar, keng polosali tarmoqlar – bularning barchasi infratuzilmaga kiradi. Bugungi infratuzilmani barpo etishimiz kerak. Kechgasini ta’mirlashimiz emas. Men taklif etayotgan reja millionlab ish o’rinlarini yaratadi, Amerikani qayta qurishga yordam beradi, ishlab chiqarishni jonlantiradi, ta’minot zanjirlarini himoya qiladi. Shundan so’ng Amerika yana dunyoda izlanish va taraqqiyot lokomotiviga aylanadi. Biz dunyoga 20-asr o’rtalarida bosh bo’lib, asr oxirigacha yetakladik. Dunyoda yetakchilikni yana qo’lga olamiz”, - dedi Bayden.

Unga ko’ra, kompaniya rahbarlari bilan muloqotdan maqsad yarim o’tkazgichlar ishlab chiqaruvchi ichki sanoatni kuchaytirish, Amerika ta’minot zanjirini himoya qilish.

Shu maqsadda Oq uy Kongressdan Savdo vazirligi qoshida muhim mahsulotlar ishlab chiqarishni qo’llab-quvvatlovchi idora ochishga 50 milliard dollar, yarim o’tkazgichlar ishlab chiqarish va bu boradagi izlanishlarni kuchaytirishga yana 50 milliard dollar so’ramoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG