Breaking News

Bayden jamoasi Tramp ma'muriyatidan o'tish jarayonida yordam so'ramoqda


AQShda koronavirus yuqtirish sur’ati oshgan bir paytda Oq uyga kirishga hozirlik ko’rayotgan Jo Bayden jamoasi Tramp ma’muriyatidan hokimiyatni topshirish jarayonida yordam so’ramoqda, biroq amaldagi rahbar saylovda soxtalashtirish holatlari bo’lganiga ishora qilarkan, hokimiyatni topshirishni xayoliga ham keltirmayapti.

Xalqaro hayot – 16-noyabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:59 0:00

“Bayden jamoasi mamlakat yuzlashayotgan tahdidlar haqida hisobot olishi muhimdir. Masalan, koronavirusga qarshi vaksinani tarqatish rejasi, vaksina qayerda saqlanayotgani haqida boxabar bo’lishimiz kerak. Eng oxirgi daqiqagacha kutish to’g’ri emas”, - deydi Baydenning koronavirusga qarshi kurash uchun tuzilgan maslahat kengashi a’zosi Atul Gavande.

“Vashington Post” gazetasiga ko’ra, Tramp virusga qarshi tezkor guruh majlisida qatnashmaganiga besh oy bo’ldi. O’tgan hafta prezident emlash rejasi haqida ma’lum qildi.

"Jarayon hozirdan boshlanmoqda. So’nggi tasdiqdan o’tishi bilan vaksinaning millionlab dozasi tayyorlanadi”, - dedi Tramp.

Oq uyda koronavirusga qarshi kurash jamoasi a’zosi admiral Bret Jiruaning aytishicha, Tramp ma’muriyatining infeksiyaga qarshi say’-harakatlari shaffofdir.

“Bu siyosiy masala emas. Bu sog’liqni saqlash va amerikaliklar hayotini asrash bilan bog’liq masala. Bundan muhimi yo’q hozir”, - dedi u.

Tramp ma’muriyatida milliy xavfsizlik maslahatchisi lavozimida ishlagan Jon Bolton Oq uyni virus va milliy xavfsizlikka doir maxfiy ma’lumotlarni Bayden jamoasiga ulashishga chaqirmoqda.

“Yangi hokimiyatga o’tish jarayonini hozirdan boshlash muhim”, - dedi u.

Dunyo bo’ylab 55 millionga yaqin odamda koronavirus aniqlangan bo’lsa, bu borada peshqadam AQShda kasallanganlar soni 11,5 millionga yaqinlashmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG