AQSh Ukrainada iqtisodiy, siyosiy va energetika sohasidagi islohotlarni qo'llab-quvvatlash uchun 220 million dollar mablag' ajratmoqda. Bu haqda mamlakat Vitse-prezidenti Jo Bayden Ukraina Bosh vaziri Vladimir Groysman bilan Oq uyda bo'lgan uchrashuv chog'ida ma'lum qilgan.
"Vite-prezident bosh vazirning islohot rejalarini qo'llab-quvvatlashini bildirdi va hukumatga kelishi bilan ikki oy ichida amalga oshirgan jiddiy qadamlarini olqishladi", deyiladi Oq uy chiqargan bayonotda.
Groysman ayni paytda sharqiy Ukrainada Rossiyadan ko'mak olayotgan ayirmachilar yana jonlanayotganidan xavotir bildirgan.
Bayden Groysmanni tinchlantirib, ikki yil avval imzolangan Minsk kelishuvi shartlari to'liq bajarilmaguncha Rossiyaga qo'yilgan xalqaro sanksiyalar ko'tarilmasligini aytgan.
Rossiya Ukrainaga qarashli Qrim yarimorolini egallab olgandan beri AQSh va Yevropa Ittifoqi Rossiyaga nisbatan bir qator iqtisodiy jazo choralarini tatbiq etgan edi.