Breaking News

Bayden BMTda ko'p tomonlama hamkorlikni targ'ib qildi


BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasida delegatlarga birinchilardan murojaat qilgan AQSh Prezidenti Jo Bayden jahon rahbarlarini dunyo yuzlashayotgan tahdidlarga qarshi birgalikda kurashishga chaqirdi.

Xalqaro hayot – 22-sentabr, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:13:14 0:00

“Pandemiyaga barham berish, iqlim o’zgarishi bilan shug’ullanish, global siyosatdagi o’zgarishlarni nazorat qilish, savdo, kiberxavfsizlik, yangi texnologiyalar kabi muhim sohalarda xalqaro qoidalarni tartibga solish, bugungi terrorizm tahdidi bilan yuzlashishda AQSh dunyoga yordam berishga tayyor”, - dedi Bayden.

AQSh rahbari Xitoy va Rossiya bilan kuchayayotgan ziddiyatlarni tan olgan holda yirik davlatlar aloqalarini yo’lga solib, mojarolarning oldini olishi kerak, dedi.

“Qo’shma Shtatlar o’zaro muammolarni tinch yo’l bilan hal qilishga bel bog’lagan har bir mamlakat bilan ishlashga tayyor, garchi boshqa sohalarda ular bilan kelisholmayotgan bo’lsak-da. Buning uddasidan chiqolmasak, oqibatlari hammaga birday yomon bo’ladi”, - dedi Bayden.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish zudlik bilan chora ko’rishga chaqirdi.

"COVID va iqlim o’zgarishi jamiyatlar va sayyoramizdagi jiddiy zaifliklarni oshkor etdi. Ammo bunday ulkan muammolarni tan olish o’rniga biz kibrga berilyapmiz. Birdamlikka kelishish o’rniga halokat tomon qadam tashlayapmiz”, - dedi u.

Bayden rivojlanayotgan mamlakatlarga iqlim o’zgarishining asoratlari bilan kurashish hamda iqtisodiyotlarini yashilroq qilish uchun 11,4 milliard dollar ajratishga so’z berdi. Ba’zilar bu va’daga shubha bilan qaramoqda.

“AQSh katta va’dalar berib, pul berishga kelganda chekinishini ko’p ko’rganmiz”, - deydi Vashingtondagi Strategik va xalqaro izlanishlar markazidan Jozef Maykut.

Baydenning BMTdagi ma’ruzasi ko’p tomonlama hamkorlik va globalizmni rad etgan sobiq prezident Donald Trampnikidan farq qiladi. Biroq ittifoqchilarni Amerika siyosati o’zgarganiga ishontirish oson bo’lmaydi.

“Afg’onistonda evakuatsiyaning so’nggi kunlaridagi noxushlik ko’p mamlakatlarda xavotir uyg’otdi. Nazarimda, Prezident Bayden BMT Bosh Assambleyasi majlislari kabi global forumlardan dunyoga, jumladan NATO va Osiyodagi ittifoqchilarga muhim signal yuborishda foydalanishi kerak. U ham bo’lsa, Afg’onistonda sodir bo’lgan voqeaga qaramay, AQSh ittifoqchilar va hamkorlariga sodiq ekanini bildirish lozim”, - deydi Vashingtondagi Vilson tahlil markazidan Maykl Kugelman.

Evakuatsiya tartibsiz bo’lganiga qaramay, Bayden AQShning Afg’onistonni tark etganini tinimsiz urushga chek qo’yish va tinimsiz diplomatiya yangi davrining boshlanishi deb atadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG