Breaking News

Blinken 2021-yildagi muhim voqealarga munosabat bildirdi


AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken muxbirlar bilan uchrashuv chog’ida ketayotgan yilni sarhisob qilarkan, AQSh ittifoqchi davlatlar bilan aloqalarni yaxshilaganini ta’kidladi.

Xalqaro hayot - 24-dekabr, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:46 0:00

Jurnalistlar Oq uyning Rossiyaga doir siyosati haqida savol so’radi. AQSh razvedkasiga ko’ra, Rossiya Ukraina bilan chegarada ko’p sonli qo’shin to’plab, hujumga hozirlanmoqda.

Blinken Moskvani qo’shinlarini hozirgi pozitsiyalaridan olib, taranglikni yumshatishga chaqirdi. Kreml NATOni chegaralari tomon kengayayotganlikda ayblar va Ukrainaga hujum hozirlanayotgani haqidagi xabar va da’volarni yolg’on deb atarkan, AQSh va alyansdan xavfsizlik kafolatlarini so’ragan. Blinken AQSh Moskva bilan bu haqda yanvar oyida gaplashishini bildirdi.

“Biz bir paytning o’zida ham diplomatiya, ham qarshilik bilan shug’ullanyapmiz. Bu ikki usul yonma-yon turadi. Prezident Bayden bir necha oy oldin Prezident Putin bilan Jenevada uchrashganida unga Rossiya bilan bashoratli va barqaror munosabatlar tarafdorimiz, biroq agar Rossiya yengiltak yoki agressiv harakatlarga qo’l ursa, qattiq javob beramiz deb aytgan edi”, - dedi Blinken.

Muxbirlar davlat kotibidan avgust oyida Afg’onistonda amalga oshirilgan tartibsiz evakuatsiya yuzasidan qanchalik afsusda ekanini ham so’rashdi. Blinken bu haqda mulohaza qilishga hali ancha vaqt bor derkan, Jo Bayden AQShning Afg’onistondagi 20 yillik urushini tugatish va’dasida turganiga ishora qildi.

“Bu oson bo’lmasligini bilardik. Oson bo’lmadi ham. Evakuatsiya va repatriatsiyadan kelajak uchun o’ziga yarasha saboqlar olyapmiz. Aytish joiz, yil yakunidagi bayramlar Afg’onistonda 20 yilda ilk bor askarlarimizsiz o’tmoqda. Harbiylarimiz u yerda jang qilib o’layotgani yo’q endi”, - dedi Blinken.

Davlat kotibiga ko’ra, Qo’shma Shtatlar afg’on xalqi qiyinchiliklari va azoblaridan xabardor, ittifoqchilar bilan kelishib, rahbar toliblar emas, afg’on iqtisodiyoti va xalqiga pulni qaytarish yo’llarini topishga harakat qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG