Breaking News

Blinken: Bayden tashqi siyosati o'zgacha bo'ladi


AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenning aytishicha, Bayden ma’muriyati demokratiyani xorijda targ’ib etishda o’ziga xos siyosat yuritadi, harbiy kuch qo’llamaydi
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenning aytishicha, Bayden ma’muriyati demokratiyani xorijda targ’ib etishda o’ziga xos siyosat yuritadi, harbiy kuch qo’llamaydi

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenning aytishicha, Bayden ma’muriyati xorijda demokratiyani targ’ib qilishda serxarajat harbiy intervensiyalardan voz kechadi, chunki bunday amaliyot o’tmishda natija bergani yo’q. Blinken Bayden tashqi siyosati qanday bo’lishi haqida ma’lumot berdi.

Xalqaro hayot – 4-mart, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:21 0:00

AQSh Iroqda 30 yil, Afg’onistonda esa 20 yildan beri harbiy amaliyot olib borar ekan, harbiy intervensiya tanqidchilari hukumatni qo’shinlarni olib chiqishga, kelajakda tuzumlarni kuch bilan o’zgartirish fikridan qaytishga chaqirmoqda.

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenning aytishicha, Bayden ma’muriyati demokratiyani xorijda targ’ib etishda o’ziga xos siyosat yuritadi, harbiy kuch qo’llamaydi.

“Demokratik xatti-harakatni rag’batlantiramiz, serxarajat harbiy intervensiyalar yoki avtoritar tuzumlarni kuch bilan ag’darish amaliyotidan voz kechamiz. O’tmishda bunday taktika ish bergani yo’q. Yaxshi niyat bilan qilingan bo’lsa-da, samarasiz bo’ldi”, - deydi Blinken.

Davlat kotibiga ko’ra, harbiy intervensiyalar demokratiya targ’ibotini badnom qildi, Amerika xalqi ishonchini so’ndirdi. Bayden ma’muriyati o’zgacha ish tutadi, tashqi siyosatni yuritishda Amerikaning o’zida ham demokratiyani kuchaytirishga zo’r beradi, deydi u.

Blinken Amerikaga eng katta tahdid Xitoy ekanini aytarkan, uni ochiq xalqaro tizimni beqarorlashtirishga qodir yagona davlat deb atadi. Pekin bilan ish qilganda, deydi u, kuch-qudratni ishga solish kerak.

“Buning uchun ittifoqchilar va hamkor davlatlarni pastga urmasdan, ular bilan muloqot qilib turish kerak. Birdamligimizni Xitoy inkor eta olmaydi. Diplomatik faollikni oshirish, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish kerak. Biz faol bo’lmagan joyda Xitoy tashabbusni qo’lga oldi, - dedi Blinken.

Bayden ma’muriyatining ko’p a’zolari va xususan, Baydenning o’zi sobiq prezident Barak Obama bilan birga ishlaganini tan olgan Blinken Oq uydagi hozirgi jamoa Obama ma’muriyatining tiklangan ko’rinishi ekani haqidagi gaplarni inkor etdi. Bayden ma’muriyati, deydi u, dunyoga o’zgacha ko’z bilan qaraydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG