Bobur Ismoilov UNESCO - BMT Ta'lim, ilm-fan va madaniyat tashkiloti - tomonidan O'zbekiston tasviriy san'ati liderlaridan biri deya e'tirof etilmoqda. Uning ijodi G'arbning yetuk gallereyalaridan o'rin olgan. O'zbekistonning UNESCOdagi elchisi Lola Karimova-Tillyaeva yaqinda uni Amerika ommasi oldida tanishtirar ekan, musavvirning tarixiy-falsaviy yondashuvini maqtadi.
Bobur Ismoilovning O'zbekiston elchixonasida ko'rgazmaga qo'yilgan asarlarini tomosha qilgan odam ularda nafaqat o'zbek xalqi va O'zbekistonga xos manzara va shakllarni, balki umumsharq madaniyatini ko'radi. Serjilo ranglar, nodir tasvirlar, nozik chizgilar sizga Buyuk Ipak yo'lini, mushtarak meros va qadriyatlarni eslatadi.
Qizig'i shundaki, Qo'shma Shtatlar bir necha yillardan beri Markaziy va Janubiy Osiyoni bir-biriga yaqinlashtirish, tijorat va iqtisodiy-madaniy hamkorlikni kuchaytirishga undab keladi. Bobur Ismoilovning ijodi bilan tanishgan amerikaliklar orasida Yangi Ipak yo'li tashabbusini targ'ib qilayotgan diplomat va siyosatdonlar ham bor edi. Biroq Vashingtonda ham, tegishli mamlakatlarning o'zida ham qadim savdo tizimini tiklash yoki unga o'xshash yirik tarmoq yaratish xomxayol deya qo'l siltaydiganlar ko'p.
Bobur Ismoilovdek san'at namoyandalari nima deydi? Axir Buyuk Ipak yo'li nafaqat tijorat yo'nalishi balki madaniyat ko'prigi bo'lgan.
Bobur Ismoilovning javobi shuki, madaniy yaqinlikni yashirib bo'lmaydi, real birdamlik esa xohish-istakka bog'liq. Yonma-yon yashaydigan elatlar bir-biridan o'rganib, bir-biridan namuna olib keladi va buni yashirish qiyin. Gap bu haqiqatni ko'ra bilishda va uni qadrlashda.
Marhamat, rassomni tinglang: