O'zbekiston Oliy sudining sobiq raisi, sobiq adliya vaziri, AQShdagi sobiq elchi, bir necha yillardan beri Davlat departamenti qoshidagi diplomatiya institutida o'qituvchi Bobur Malikov fikricha, respublikadagi tub muammolar tuzum tabiatiga borib taqaladi.
Korrupsiya va yulg'ichlikka qarshi kurashni qayerdan qanday qilib boshlash mumkin?
Avvalo insonda vijdon bo'lishi kerak, deydi arbob, vijdonli avlod yetishtirish kerak.
22 yildan beri vatandan uzoqda yashayotgan odamning O'zbekistondagi vaziyatni baholashga haqqi yoki asosi bormi?
O'zbekistonning ilk rahbari Yo'ldosh Oxunboboyevning nabirasi Bobur Malikov bilan muloqotda bir paytning o'zida bir necha mavzuda gap ketdi.
Bir-biridan murakkab masalalar va ularning bir-biriga bog'liq yechimlari... O'zbekistonda hukmron tuzum, bugungi jamiyat, xorijdagi muxolifat. Bobur Malikov bu mavzular yuzasidan o'zining qat'iy fikr-qarashlariga ega.
1993-yilning boshida O'zbekistonning AQShdagi elchisi etib tayinlanib, sal o'tmay bu davlatdan siyosiy boshpana olgan Bobur Malikov bugun 67 yoshda.
Malikov 22 yildan beri vatanga oyoq bosmagan. Biroq, deydi u, xalq qanday hayot kechirayotgani, tuzum qanday ishlashini bilish qiyin emas.
"Amerika Ovozi" bilan suhbatda arbob O'zbekistondagi bugungi hayot, muammolar va umimiy vaziyatga o'z bahosini berib, tub islohotlar qilinmas ekan, tashqi yordamdan samara kutmang, deydi.
Bobur Malikov kechagi va bugungi muxolifat haqida nima deydi?
Hozirgi avloddan qanday real yangiliklar kutsa bo'ladi?
Davlat rahbari bo'laman degan odam nimalarga qodir bo'lishi kerak?
O'tmishdan nima saboq olmoq zarur?
Bobur Malikov o'zini aldangan shaxs deb hisoblaydimi?
O'tmish va bugunni nima bog'lab turibdi?
Prezident Islom Karimov bilan uchrashish va gaplashish imkoni bo'lganida Bobur Malikov unga nima der edi?
Prezident oilasi bilan bog’liq mashmasha, xususan qizi Gulnora Karimovaning Yevropaning bir necha davlatlarida korrupsiyada gumon qilinayotgani, hatto bu tergovga hozir Amerika aralashgani nimaga yetaklashi mumkin?
Intervyuni to'liq holda mana bu yerda tinglang: