“Boing” aviakorporatsiyasining “737 Max” rusumidagi samolyotlari salkam ikki yillik taqiqdan so’ng osmonga qaytishi mumkin.
AQSh nazoratchilari 18-noyabr kuni parvozlarga ruxsat berishi kutilmoqda, biroq kompaniya pandemiya va Yevropa qo’ygan yangi tariflar bilan yuzlashmoqda.
2018-yil oktabrida va 2019-yil martida Indoneziya va Efiopiyaga tegishli “Boeing-737 Max” yo’lovchi samolyotlari halokatga uchrab, jami 346 odam nobud bo’lgan edi. Shundan so’ng AQSh hukumati ushbu samolyotlar parvozini to’xtatishni buyurgan, qator mamlakatlar, jumladan O’zbekiston, ulardan foydalanishni yoki o’z aeroportlarida qabul qilishni vaqtincha to’xtatgan edi.
AQSh Federal aviatsiya boshqarmasi “Boing” korporatsiyasiga “737 Max” samolyotlarining halokatga sabab bo’lgan “MCAS” xavfsizlik tizimini takomillashtirish, samolyotlardagi kompyuter dasturlarini yangilash, pilotlarni maxsus tayyorgarlikdan o’tkazish talablarini qo’ygan.
“737 Max” samolyotlariga havoga ko’tarilishga ruxsat berilishi kutilarkan, AQShdagi ayrim aviakompaniyalar ularni dekabrdan ishga solmoqchi, boshqalari esa 2021-yilning ikkinchi choragigacha kutmoqchi.
Facebook Forum