Nigeriyada eksremist guruh Boko Haram bu yili aprel oyida garovga olingan qizlardan 219 nafari allaqachon erga berib yuborildi deya bayon qilmoqda. Ular avvalo islomni qabul qilishga majburlangan, keyin esa nikoh o'qilib, musulmonlarga uzatilgan. Qizlar Qur'ondan suralar yodlagan.
Nigeriya hukumati guruh bilan muzokara olib borib, qizlarni ozod etishga kelishgani haqida e'lon bergan edi. Biroq Boko Haram buni inkor etmoqda. Qizlarning taqdiri hal etilgan, deya bildiradi tashkilot.
Inson huquqlari himoyachilarining aytishicha, Boko Haram qo'lida 500 qiz bor va ularni ham zo'rlab erga berishlari mumkin. Jangarilar ular bilan bilganini qilmoqda, deya ogohlantirayapti "Human Rights Watch" tashkiloti.
Hukumat esa juda zaif va ekstremistlarga qarshi zarur choralar ko'ra olmaydi. Davlatning o'zi ham huquqbuzar tuzum, deydi huquq faollari.
Boko Haram esa odamlarni og'irlashda davom etmoqda. Yaqinda germaniyalik bir shaxs garovga olingan.