Breaking News

Virtual voqelik xonalarida tayyorlanayotgan chegarachilar


Chegarachilarni tayyorlaydigan markaz
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:32 0:00

Prezident Donald Tramp 2020-yil uchun taklif etayotgan byudjetda chegarada devor qurish uchun qo’shimcha 8,6 milliard dollar so’ralmoqda. Kongress devorga mablag’ ajratmoqchi emas, ammo prezident fikridan qaytgani yo’q. “Amerika Ovozi” yaqinda AQSh Chegara patrul xizmatining G’arbiy Virjiniyadagi trening markazida bo’ldi.​

AQSh Bojxona va chegara xizmati xodimlari Chegara Patrul xizmati trening markazida jangari san’at va o’zini mudofaa qilish sirlarini ham o’rganadi. G’arbiy Virjiniyadagi markaz minglab kadrlarni tayyorlaydigan yirik dargoh.

Vitse-prezident Mayk Pens markazdagi jarayon bilan tanishgani keldi.

“Trening markazida mashg’ulotlar qanday o’tishini, chegara xodimlarining, ayniqsa, xavfli bo’lgan janubiy chegaradagilarning qanday tayyorlanishini ko’rib xursandman”, - deydi Mayk Pens.

Mashg’ulotlar bo’lishi mumkin bo’lgan holatlar asosida o’tadi.

Virtual simulyator orqali janubiy chegarada uchraydigan holatlar sahnalashtiriladi. Trenerlar talabalarning ishtirokini baholab, mashqlarni qayta o’tkazadi.

Talabalarga gumondorlarni ushlab turish, qo’lga olish, jarayonda o’zini himoya qilish usullari ham o’rgatiladi.

Markazda chegaraga o’xshash qilib qurilgan o’tish punkti bor. Trenerlar chegarani kesib o’tuvchilar rolida qatnashib, o’tish punkti oldiga mashinalarda keladi. Talabalar ular bilan gaplashib, transport vositalarini tekshiradi.

Tashqarida esa Tramp qurishni istayotgan devorning ikki xil nusxasi. Mayk Pens bu yerda o’tkazilgan mashg’ulotni tomosha qildi.

2005-yilda ochilgan G’arbiy Virjiniyadagi Bojxona va chegara xizmati xodimlarini tayyorlash markazi mamlakatdagi oltita shunday dargohdan biri. Bu yerda yiliga yetti-sakkiz ming chegarachi malaka oshiradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG