Breaking News

Britaniya Xitoyning “Bir kamar, bir yo’l” loyihasiga qo’shilmoqchi


Britaniya Bosh vazirasi Tereza Mey Xitoyda
Britaniya Bosh vazirasi Tereza Mey Xitoyda

Britaniya Xitoy tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Bir kamar, bir yo’l” loyihasiga qo’shilmoqchi. Britaniya Bosh vaziri Tereza Mey o’tgan hafta vazirlar va tadbirkorlardan iborat delegatsiyaga bosh bo’lib, Xitoyda 12,7 milliard dollarga teng savdo shartnomalari imzoladi.

“Amaliy loyihalar bo’yicha hamkorlik tarafdorimiz. Londonning moliyaviy tajribasini ishga solmoqchimiz. Chunki ayniqsa infratuzilmaga doir loyihalar yirik bo’lib, murakkab moliyalash mexanizmlarini talab qiladi”, - deydi Britaniyaning Xitoydagi elchisi Barbara Vudvord.

Uganda poytaxti Kampalada botqoq joyda qurilgan uzunligi 51 kilometrlik trassa may oyida ishga tushadi. Uni Xitoydagi qurilish kompaniyasi 580 million dollarga davlat krediti hisobiga qurib berdi. Ammo Kampala hokimiga ko’ra, loyiha o’ta qimmatga tushdi.

“Afsuski, bu qarzni nafaqat biz, balki farzandlarimiz, nabiralarimiz to’lashiga to’g’ri keladi”, - deydi Erias Lukvago.

Xitoy “Bir kamar” tashabbusi doirasida Afrika, Osiyo, Yaqin Sharq va, hatto Sharqiy Yevropaga sarmoya kiritmoqda. Britaniya diqqatliroq bo’lishi kerak, deydi ekspert Bernabi Villits-King.

“Ayniqsa dunyoning qaltis joylarida, chunki insonlarga, atrof-muhitga zarar yetkazish xavfi bor. Faqat savdoga urg’u berib, bu masalalar e’tibordan qolib ketishi mumkin. Britaniya tashabbusdan yaxshi foyda ko’rishi aniq, chunki Xitoy sarmoya qilmoqchi bo’layotgan ko’plab mamlakatlarda uzoq yil ishlagan. Britaniya Xitoyga yaxshi maslahat ham berishi mumkin”, - deydi mutaxassis.

Qo’shma Shtatlar Xitoyning savdo va tashqi siyosatini tanqid qilmoqda.

“Xitoy rivojlanayotgan mamlakatlarda taraqqiyot uchun qiziqarli loyihalar taklif etayotgandek bo’lishi mumkin. Ammo aslida qisqa muddatli foyda evaziga uzoq muddatli tobelikni taklif qilmoqda”, - deydi AQSh Davlat kotibi Reks Tillerson.

Ko’plab rivojlanayotgan davlatlar Xitoy sarmoyalarini va Britaniyaning tashabbusga qiziqishini olqishlamoqda. Biroq ayrim tanqidchilar bunday sarmoyalar ushbu mamlakatlarni katta qarzga botqizadi, deya xavotir olmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG