Breaking News

"Sandi Tayms": Britaniya xorijdagi josuslarini chaqirib oldi


Britaniyaning yirik gazetalaridan biri "Sandi Tayms"ning xabar berishicha, Rossiya va Xitoy razvedkasi Edvard Snouden o'g'irlagan maxfiy hujjatlardagi shifrni ochishga muvaffaq bo'lgan.

Snouden AQSh Milliy xavfsizlik boshqarmasining sobiq xodimi bo'lib, 2013-yilda bir milliondan ziyod shifr bilan himoyalangan fayllarni o'g'irlab Rossiyaga qochishga muvaffaq bo'lgan edi.

Fayllarda xorijdagi britan josuslarining ismlari ham bitilgan bo'lib, ularni himoya qilish uchun London josuslarga vatanga qaytishni buyurgan, deyiladi gazetada.

"Sandi Tayms"ning britan razvedkasidagi manbasining gazetaga bildirishicha, josuslar xizmat joylarini tark etganidan so'ng muhim axborot oqimi ham to'xtadi.

Xitoy ham hujjatlar bilan tanishib, G'arb razvedkasining ishlash uslubidan xabardor bo'lgani aytilmoqda.

AQSh va Britaniya hukumatlari ushbu maqolaga hozircha munosabat bildirmagan.

Jami 1,7 million maxfiy hujjatlarni o'g'irlagan Snouden AQShda ikki modda bilan ayblanmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG