Breaking News

Britaniyada koronavirusga qarshi emlash boshlandi


Britaniya Yevropada koronavirusga qarshi emlashni boshlagan birinchi mamlakat bo’ldi. Bir necha kun burun britan hukumati AQShning “Pfayzer” va Germaniyaning “Biontek” kompaniyalari birgalikda ishlab chiqargan vaksinani tasdiqlashi ketidan birinchi navbatda emlanishga muhtoj odamlarga xizmat ko’rsatila boshladi.

Xalqaro hayot – 8-dekabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:38 0:00

“Hayajondaman. Bu ishni tez va yaxshi qilishdi”, - deydi angliyalik shifokor Nikita Kanani.

“Pfayzer” vaksinasi bilan birinchi bo’lib keyingi hafta 91 yoshga to’layotgan Margaret Kinan ismli ayol emlandi.

“Boshqalar ham uni menga o’xshab qabul qiladi degan umiddaman. Bu balodan qutulish kerak”, - deydi 4 yil oldin nafaqaga chiqqan to’rt nabiraning buvisi.

Britaniyada salkam 1 million 800 ming odamda koronavirus aniqlangan. Deyarli 62 ming bemor virus qurboni bo’ldi.

Mutaxassislar ommaviy emlashning o’ziga yarasha qiyinchiliklari borligini aytarkan, “Pfayzer” vaksinasini 70 daraja sovuqlikda saqlash uchun hamma joyda ham sharoit bo’lmasligi mumkin.

“Virusga qarshi kurashga o’z hissamizni qo’shganimizdan xursandmiz”, - deydi er-xotin Xari va Ranjan Shukla.

Sinovlar paytida “BNT162b2” nomini olgan vaksina koronavirusga qarshi 95 foiz natija ko’rsatgan. Emlash ikki bosqichdan iborat bo’lib, ikkinchi vaksina 21 kundan so’ng beriladi. Vaksina yangi bo’lgani uchun uning kuchi qanchaga yetishi hozircha ma’lum emas.

Bristol shahrida 98 yoshli bir odam ham emlandi.

Yevropaning boshqa mamlakatlari va AQShda ushbu vaksina uchun hozircha litsenziya berilgani yo’q, ammo ayrim kuzatuvchilar masala yangi yilgacha hal bo’lishini aytmoqda.

Bu o’rtada Barselona hayvonot bog’idagi to’rtta arslonning koronavirusga uchragani ma’lum bo’ldi. Bu mushuksimonlar oilasiga mansub yirik hayvonlar orasida ikkinchi shunday holatdir.

O’tgan oy hayvonot bog’ining test topshirgan ikki xodimida ham natija ijobiy chiqqan. Mutaxassislar virus sherlarga qanday o’tganini tekshirishga kirishdi.

Aprel oyida Nyu-Yorkning Bronks rayonidagi hayvonot bog’ida to’rtta yo’lbars va uchta sherda koronavirus aniqlanib, barchasi sog’ayib ketgan. Barselona veterinariya xizmati Nyu-Yorkdagi hamkasblari bilan bog’langanini ma’lum qildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG