Breaking News

Bryusselda portlashlar, o'nlab odam o'lgan

22-mart kuni ertalab soat sakkizda Belgiya poytaxti Bryusselda uchta portlash yuz berdi: ikkitasi aeroportda, yana biri metro bekatida. 30 dan oshiq odam halok bo'lgan. 200 ga yaqin kishi jarohatlangan.

Zavantem aeroportida yuz bergan xurujdan bino oynalari chil-parchin bo'lgan. Videoda odamlarning u yerdan qochayotgani aks etgan. Bu yerdan portlamay qolgan yana bir bomba topilgan. Aeroportdagi portlashlarda halok bo'lganlar soni 11 ta ekani aytilmoqda.


16x9 Image

Amerika Ovozi

"Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG