Breaking News

Buxoro yahudiylari Amerikada. Xalq sevgan san'atkorlar


Buxoro yahudiylari san'atkorlari
Buxoro yahudiylari san'atkorlari

Sovet Ittifoqi paytida Buxoro yahudiylari o’zbek san’atida juda faol bo’lgan. Mustaqillikdan so’ng aksariyati AQSh va Isroilga ko’chib, shashmaqom va musiqa san’atini yangi vatanda targ’ib etishda davom etmoqda.

O’zbekistonda Muhabbat Shamayevani tanimaydiganlar bo’lmasa kerak. San’atkor mamlakatni salkam chorak asr oldin tark etgan bo’lsa-da, xalq uning qo’shiqlarini hanuz sevib tinglaydi.

Muhabbat Shamayeva ko’plab Buxoro yahudiylari kabi Nyu-Yorkning Kvins rayonida yashaydi. Ijodni tashlamagan. Marhum turmush o’rtog’i, O’zbekiston SSRda Xizmat ko’rsatgan artist Ilyos Mallayev asos solgan “Maqom” ansamblining faol ishtirokchisi.

Buxoro yahudiylari Amerikada. Xalq sevgan san'atkorlar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:20 0:00


Muhabbat Shamayeva O’zbekistonga so’nggi bor 2011-yilda bordi.

"Meni yaxshi kutib olishdi. Toshkentda o'zgarishlar katta. Vaqt juda tez o'tdi", - deydi u.

“Maqom” ansamblining yana bir a’zosi – Tamara Katayeva. Mullokandov sulolasining davomchilaridan. O’zbekiston va Tojikistonda ijod qilgan.

Muhabbat Shamayeva va Tamara Katayeva
Muhabbat Shamayeva va Tamara Katayeva

“Biz san'atkorlar eng baxtli odamlarmiz. Chunki eng sevimli mashg'ulotimiz bilan shug'ullanamiz. Men ijodimni Dushanbe shahrida boshlaganman. O'zim Samarqandda tug'ilganman. Ota-onam Xalq maorif komissarligi qoshidagi Buxoro yahudiylari teatrida artist bo'lgan. Kasbim hamshiralik bo'lsa-da, taqdir taqozosi bilan ularning izidan ketdim. Amerikada yaratilgan "Maqom" ansambli bilan butun dunyoni, butun Amerikani aylanib chiqdik. Agar Yaratgan senga iste'dod bergan bo'lsa, uni o'z xalqingga ulashgin. Mana shu bizning missiyamiz - Yaratganning tuhfasini ulashish. Biz orqali esa odamlar o'zbek, tojik, Buxoro yahudiylari san'ati haqida o'rganmoqda”.

Yoshlarimiz ham san’atga qiziqadi, deydi Muhabbat Shamayeva. Uning qizi Nargiza Mallayeva va o'g'li Raj Mallayev ota-ona izidan borishdi.

Muhabbat Shamayeva va Tamara Katayeva Amerikada o’zbek va tojik tadbirlarida doim xizmatda.

“Hali ham sahnaga chiqayotganimiz katta baxt. Bu yerda o'zimni xuddi O'zbekistondagidek his qilaman. Atrofimda o'zbeklar, tojiklar, tatarlar, qozoqlar, koreyslar, yahudiylar, ruslar - ruschada so'zlashamiz. Amerikada ekanimni his qilmayman. Faqat shu Manxettenga borib, osmono'par binolarni ko'rganimda, nahotki Amerikadaman, deb qo'yaman. Undan tashqari holatlarda go'yoki O'zbekistondamiz - uyim, odamlar, dugonalarim. Hali ham qo'shiq aytayotganimizdan men va Tamaraxon juda baxtlimiz. Men har bir chiqishimni o'zbekcha qo'shiqdan boshlayman. Odat tusiga kirgan bu. Chunki men O'zbekiston estradasining artistiman, o'zbek san'atkoriman”, - deydi Muhabbat Shamayeva.

Ezro Malakov
Ezro Malakov

Ezro Malakov ham “Maqom” ansamblida kuylaydi. Ssli Shahrisabzdan. Yoshligidan maqomga qiziqadi. Katta ustalardan saboq olgan. Amerikaga 1992-yilda kelgan. Ezro Malakov o’zi tashkil etgan maxsus akademiyada yoshlarga bilimlarini ulashmoqda.

San'atkor yaqinda 75 yoshini qarshiladi. Buxoro yahudiylari jamoasi katta konsert uyushtirib berdi. 2006-yilda Ilyos Mallayevning 70 yilligi ham keng nishonlandi. Bunday tadbirlar nafaqat taniqli hofizlarning hurmati uchun, balki milliy san’atni yosh avlodga meros qilib qoldirishda ham muhimdir.

  • 16x9 Image

    Odil Ro'zaliyev

    Odil AQShning Tafts Universitetida (Tufts University) magistrlik darajasini olgan. Ungacha O'zbekistonda Jahon tillar universitetida tahsil qolgan, Nyu-Yorkdagi Peys universitetida bir yil almashinuv dasturi bo'yicha o'qigan. 

    Odil graduated from the Uzbekistan State World Languages University. Then he was an exchange student at Pace University in New York for one year (1993-1994). He got his Master's degree from Tufts University in Massachusetts in 2004.

XS
SM
MD
LG