Breaking News

BMT vakili: Birmadagi vaziyat insoniyatga qarshi jinoyatga misol


Birmalik musulmonlar
Birmalik musulmonlar
Birlashgan Millatlar Tashkilotining maxsus vakili Birma hukumatini xalqaro gumanitar tashkilotlar xodimlariga musulmonlar yashovchi Rakxayn shtatiga qaytishga imkon yaratishga chaqirmoqda. Qurollangan buddist to’dalar ularga do’q-po’pisa qilib, shtatdagi qochqinlar lageriga yo’latmagan.
Human Rights Watch Birma hukumati va buddistlarni xunrezlikda aybladi/Nasiba Tohir
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:57 0:00
Yuklab oling
Birmada qonli to'qnashuvlar davom etmoqda, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:51 0:00
Yuklab oling
Minglab musulmonlar Birmadan bosh olib ketyapti/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:10 0:00
Yuklab oling

BMT vakili Tomas Ojeya Kvintananing aytishicha, roxinjalik musulmonlarga munosabatni insoniyatga qarshi jinoyatga tenglashtirish mumkin.

BMT matbuot kotibi Pyer Peronga ko’ra, 140 ming odam zo’ravonlikdan qochib lagerda yashamoqda, biroq gumanitar tashkilotlarga yo’l to’silganidan so’ng qochqinlar suvsiz, oziq-ovqatsiz qolishi mumkin.

"Yana ikki haftadan so’ng yegulik tugaydi. Lagerlarga tezlik bilan oziq-ovqat yetkazish zarur. Hozir qurg’oqchilik mavsumi, suvga ehtiyoj katta, uyam kamaymoqda, ayniqsa bemorlarga kerak. Nodavlat tashkilotlar yo’qligi sabab ularni kasalxonaga jo’nata olmayapmiz", - deydi Peron.

O’tgan oy g’arbdagi Rakxayn shtatida xalqaro gumanitar tashkilot vakillari hujumga uchrab, u yerdagi lagerlarda jon saqlayotgan yuz minglab musulmonlarga oziq-ovqat va boshqa narsalar yetib bormagan.

BMT Birma hukumatini gumanitar ishchilar xavfsizligini ta’minlashga chaqirdi.

Musulmonlar Birmada ozchilik bo’lib, buddistlar ularni siquvga olgan, hukumat musulmonlarni qo’shni Bangladeshdan kelgan kelgindilar deb fuqarolik bermoqchi emas, ularning mamlakat bo’ylab harakatini cheklagan. Inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi xalqaro tashkilotlar hukumatning bu siyosatini tanqid qilib keladi.

Tomas Kvintanaga ko’ra, musulmonlar gumanitar ofat yoqasida turibdi. BMT rasmiysi bungacha ham Rakxayndagi vaziyatni insoniyatga qarshi jinoyat deb aytgan edi, ammo Birma rasmiylari uning bu so’zlarini izohlagani yo’q.

Dushanba kuni Britaniya Tashqi ishlar vazirligi rasmiysi Birmaning Londondagi elchisi bilan uchrashib, Rakxayndagi vaziyatni muhokama qildi.

Britaniyaning Rangundagi elchixonasi matbuot kotibi Jozef Fisherning aytishicha, uning mamlakati Birma hukumatidan gumanitar yordam ta’minotini tiklashda ijobiy qaror kutib qoladi.

"Rakxayn shtatidagi yuz minglab roxinjalik musulmonlar dori-darmon va boshqa zarur anjomlarga muhtoj. Britaniya Tashqi ishlar vazirligi Birma elchisidan barcha muhtoj jamoalar uchun gumanitar korridorni ochishni, xalqaro tashkilotlar xodimlari xavfsizligini ta’minlashni so’ragan", - deydi Fisher.

O’tgan hafta AQSh Davlat departamenti rasmiy vakili Meri Xarf ham Birmani gumanitar xizmatchilar yo’lini ochishga chaqirgan. Birma hukumati ularning xavfsizligini o’ylab, lagerga qo’ymayotganini aytadi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG