Birlashgan Millatlar Tashkiloti Birma hukumatini mamlakatda yashovchi ozchilikdagi musulmonlarga fuqarolik berish va ularning huquqlarini himoya qilish masalasini ko’rib chiqishga chaqirmoqda.
O’n minglab musulmonlar buddist aholi bilan zo’ravonliklardan qochib, qochqinlar lagerlarida yashamoqda. BMT hisobiga ko’ra, g’arbdagi Rakxayn shtatida 140 ming odam uyini tashlab chiqqan.
Qochqinlar bo’yicha agentlik ma’lumotiga ko’ra, ularga gumanitar yordam ko’rsatilmoqda, oziq-ovqat tarqatilmoqda, vaqtincha yashash uchun palatkalar bunyod etilgan.
Biroq, deyiladi tashkilot hisobotida, bu choralar qochqinlarning uzoq muddatdagi muammolarini hal eta olmaydi, mojaro sabablarini aniqlash lozim.
Birma hukumati Rakxayn shtatida yashovchi 800 ming musulmonga fuqarolik berishdan bosh tortib keladi. BMTga ko’ra, bu Birmaning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotini sekinlashtirmoqda.
Roxinyalik musulmonlar Birmada o’nlab yil yashab kelayotganiga qaramay ular ko’p huquqlardan mahrum. Hukumat ularni qo’shni Bangladeshdan kelgan noqonuniy muhojir deb hisoblaydi, ularga ikkitadan ortiq farzand ko’rishni man qiladi.
Turli cheklovlar ularning ishga joylashish, tibbiy muolaja va ta’lim olish imkoniyatlariga ham salbiy ta’sir ko’rsatmoqda. 20 mingga yaqin musulmon bola bu yil maktabga chiqmagan.