Breaking News

Burundida davlat to'ntarishi. Harbiylar hokimiyatga keldi


Burundi poytaxti Bujumburada namoyishchilar davlat to'ntarishi haqidagi xabarni olqishlamoqda, 13-may, 2015-yil
Burundi poytaxti Bujumburada namoyishchilar davlat to'ntarishi haqidagi xabarni olqishlamoqda, 13-may, 2015-yil

Afrikaning Burundi davlatida prezident hokimiyatdan ag'darildi, harbiylar davlat tepasiga keldi. General Godefroid Niyombarening aytishicha, Prezident Pyer Nkurunziza mintaqaviy sammitda ishtirok etish uchun Tanzaniyaga chiqqan. Bundan foydalangan harbiylar uni lavozimidan olib, davlat boshqaruvini maxsus qo'mitaga topshirmoqchi.

"Amerika Ovozi" muxbiri Gabe Jozelov hozir poytaxt Bujumburada. Uning aytishicha, shaharda aholi politsiya bilan to'qnashmoqda. Davlat teleradiostansiyasini harbiylar nazoratga olgan.

Bir necha hafta oldin Prezident Nkurunziza uchinchi muddatga saylanishi haqida ma'lum qilgach, namoyishlar boshlangan. Kamida 14 kishi o'lgan, 200 dan ziyodi jarohat olgan.

Tanqidchilar uchinchi muddat noqonuniy ekanini aytmoqda. Prezident va uning tarafdorlari esa 2005-yildagi ilk saylovlarda davlat rahbarini xalq emas, parlament saylagan, demak hozirgi saylovlar aslida ikkinchisi. Konstitutsion sud masalani prezidentning foydasiga hal qilgan.

Davlat to'ntarishi tepasida turgan general fevral oyida razvedka rahbarligidan chetlatilgan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG