Breaking News

Kaliforniyada bizneslarga bosqichma-bosqich ochilishga ruxsat berildi


Kaliforniya shatida ayrim bizneslarga sekinlik bilan, bosqichma-bosqich ochilishga ruxsat berildi. 90 ming kishi koronavirus bilan kasallangan shtatda aholi yangi voqelikka moslashyapti.

Shtat gubernatori Gavin Nyusom gul va kitob do’konlari, shuningdek, bir qator parklar va golf klublari ochilishiga ruxsat berdi. Biroq bu ish avvalgidek olib boriladi degani emas.

Mahsulotni onlayn yoki telefonda buyurtirasiz va yo’l chetidan olib ketasiz. Tadbirkorlar shunisiga ham xursand.

“4-5 haftadan beri gullarimni sota olmayapman. Daromad yo’q. Gullarni esa o’sishdan to’xtata olmaysiz, kesish kerak”, - deydi Armando.

Astalik bilan ochilish?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:58 0:00

Los-Anjelesdagi dehqon bozori cheklovlar bilan ochildi. Ayrim joylar sariq lenta bilan o’ralgan, uni kesib o’tish mumkin emas.

“Mahsulotni sotib olmaydigan bo’lsangiz, qo’l tekkizmaysiz. Vazifalarni bo’lishib olganmiz. Meva-sabzavotga men tegmayman, faqat kassadaman. Hammamiz masofa saqlaymiz”, - deydi sotuvchi.

Tashqarida odam ko’p emas. Shuning uchun ayrim do’konlar ruxsati bo’lsa-da ochilgani yo’q.

“Chakana savdo do’konlari ochilgan taqdirda ham odamlar kirishga tayyormi? Hozircha bilmaymiz”, - deydi Lesli Dorman ismli amerikalik.

Kseniya Beyning go’zallik saloni mart o’rtalaridan beri yopiq. Ijarani keyinroq to’lashi mumkin. Hukumatdan moliyaviy yordam ham oldi, lekin yetarli emas, deydi u.

Iyun oyida qayta ochilsa, majburiy cheklovlar biznesini xonavayron qilishi mumkin.

“Bir vaqtning o’zida 14 kishiga xizmat ko’rsata olamiz. Lekin ochilganimizda bu raqamni yarmiga qisqartirish kerak bo’ladi. Bunaqada foyda qila olmaymiz. Pedikyur xonamizda bir-biriga yaqin beshta joy bor, shundan uchtasini ishlata olarkanman. 50 foiz daromad bilan salon o’zini qoplamaydi”, - deydi tadbirkor.

Gubernator tanqidchilarga shtatda koronavirus qanday tarqalganini eslatmoqda.

“Kaliforniyada virus tarqalishi go’zallik salonidan boshlangan”, - deydi u.

Bu orada, shtat rasmiylari karantin vaqtidan ta’mirlash ishlari uchun foydalanmoqda. Sohil bo’yidagi odatda gavjum Santa-Monika sayrgohida qurilish ishlari olib borilyapti.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG