Breaking News

Santa Barbara shahrida qurollangan shaxs olti kishini o'ldirgan


Santa Barbara, 24-may, 2014
Santa Barbara, 24-may, 2014

23-maydan 24-mayga o'tar kechasi Kaliforniya shtatining Santa Barbara shahrida qurollangan shaxs odamlarni pichoqlagan, o'qqa tutgan. Keyin o'zini o'ldirgan.

Kaliforniya universiteti hududidagi bu voqea yetti kishining o'limi bilan tugagan, bir necha odam jarohatlangan.

Politsiyaning bildirishicha, qurollangan shaxs bilan ikki joyda otishma kechgan. U mingan BMW mashinasi boshqa bir avtomobilga borib urilgan. Ismi-sharifi sir tutilayotgan hujumchi boshidan o'q yegan holda topilgan. Ekspertizadan aniqlanishicha, u o'zini peshonasidan otgan.

Tergovdan ma'lumki, jinoyatchi 22 yoshli Elliot Rodjer. Gollivud rejissyoti Piter Rodjerning o'g'li. Yigitning ruhan kasal bo'lgani va muolaja olgani ayon. Undan qariyb 140 betli xat qolgan. Unda yigit qizlarda alami borligi, ulardan nafratlanishi va o'zining jinsiy hayoti haqida yozadi.

Santa Barbara politsiyasiga ko'ra, YouTube video termog'ida yosh yigit ayollarni o'ldirmoqchi ekanini aytib, o'z tasvirini joylashtirgan. Tergov markazida hozir shu material turibdi, deydi ekspertlar.

Hujum 21:30 larda boshlangan va aynan talabalar bilan gavjum joylar nishonga olingan. Tergovchilarning qayd etishicha, to'qqiz joyda jinoyat sodir etilgan.

Guvohlardan biri Maykl Vitak deydiki, bir qizga o'q uzilgan va atrofdagilar yordamga shoshgan. BMW mashinasi tezlikda ko'zdan g'oyib bo'lgan.

Boshqa bir joyda esa mashina yo'lning chetida turgan bir qizga yaqinlashib, "Hey, what's up?" deb baqirgan va qurolini chiqargan. Qiz boshidan jarohatlangan.

Universitet Santa Barbaraning boy qismida joylashgan. O'tgan oy bu yerda bir guruh talabalar politsiya bilan to'qnashib, 130 kishi hibsga olingan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG