Breaking News

Britaniyada bosh vazirlikka 6 ta nomzod tasdiqlandi


Britaniyada Boris Jonson iste’fosi haqida e’lon qilishi ketidan Konservatorlar partiyasiga liderlik uchun va shu bilan birga bosh vazirlik lavozimi uchun kurashni olti nomzod davom ettiradigan bo’ldi. Bugun parlamentdagi konservator qonunchilar birinchi bosqichda ovoz berdi.

Xalqaro hayot - 13-iyul, 2022-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:52 0:00

Ular saralanib, 21-iyulgacha final bosqichga ikki nafari chiqadi. Shundan so’ng yoz ichi Konservatorlar partiyasining 200 ming a’zosi pochta orqali ovoz beradi.

Nomzodlardan biri Tashqi ishlar vazirasi Liz Trass bo’lib, u bosh vazirlikka kelsa, soliqlarni tushirishga, Ukrainani Rossiyaga qarshi urushda qo’llab-quvvatlashda davom etishga so’z berdi.

Qolgan nomzodlar sobiq moliya vaziri Rishi Sunak, savdo siyosatiga mas’ul kichik vazir Penni Mordont, parlament quyi palatasida qo’mita raisi Tom Tugendxat, bosh prokuror Suella Braverman, tenglik masalalari bo’yicha sobiq vazir Kemi Badenox.

Birinchi bosqichda amaldagi moliya vaziri Nadhim Zahavi va sobiq tashqi ishlar vaziri Jeremi Xant ham qatnashgan edi, biroq ular 30 tadan kam ovoz olgani uchun kurashni davom ettira olmaydi endi.

Yana uch nomzod, jumladan mudofaa vaziri Ben Uollas bungacha poygadan chiqishga qaror qilgan.

Aksariyat nomzodlar soliqlarni kamaytirishga ahd qilgan.

Birinchi bosqich yakuniga ko'ra peshqadam Rishi Sunak. Unga 88 ta konservator qonunchi ovoz berdi. Boshqa nomzodlardan farqli o'laroq Sunak soliqlarni tushirmoqchi emas.

Boris Jonsonning o’zi hozircha hech bir nomzodni ochiq qo’llab-quvvatlagani yo’q.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG