Breaking News

Yangi Ipak Yo'li haqida gapiraverib charchamadikmi?


O’zbekistonlik yosh ekspert, hozirda Vashingtondagi Jons Xopkins universitetida izlanishlar olib borayotgan Farrux Irnazarov (chapdan birinchi) fikricha, eng maq’ul yo’l – mintaqa bo’ylab konkret loyihalarni ishga solish.
O’zbekistonlik yosh ekspert, hozirda Vashingtondagi Jons Xopkins universitetida izlanishlar olib borayotgan Farrux Irnazarov (chapdan birinchi) fikricha, eng maq’ul yo’l – mintaqa bo’ylab konkret loyihalarni ishga solish.

Yangi Ipak Yo’li – AQSh poxtaxtida Markaziy Osiyo haqida eng ko’p tilga olinadigan mavzu. Mintaqaga nisbatan siyosat deysizmi, respublikalardagi iqtisodiy ahvol, taraqqiyot, bugungi hayot – Amerika rasmiylari va ekspertlari gapni Ipak Yo’li bilan boshlab, u bilan tugatadi. Nima uchun?

Qadim savdo yo’lini tiklash g’oyasi nega bu qadar ahamiyatli? Uni haqiqatan ham amalga oshirish uchun nima qilmoq zarur? Yanayam muhimroq savol – Yangi Ipak Yo’lini barpo etish uchun o’zi yetarlicha siyosiy iroda bormi? Yoki siyosiy strategiyasini aniqlashtirishga urinayotgan Amerika o’zini o’zi aldash bilan bandmi? Bir-biri bilan zo’rg’a chiqishadigan Markaziy Osiyo davlatlari shu bahona AQSh balki ko’proq investitsiya kiritar degan umiddami?

Yangi Ipak yo'li barpo etiladimi yoki gap sotaveramizmi? Navbahor Imamova
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:06:23 0:00
Yuklab oling
Regional Integration in Central Asia & the New Silk Road – How do we get there? GWU/Oct 28, 2014
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:47:46 0:00
Yuklab oling

AQSh Davlat departamentida Janubiy va Markaziy Osiyo uchun aloqalarga mas’ul diplomatlardan biri, Fotima Sumar deydiki, Yangi Ipak Yo’li tashabbusini olg’a surishdan maqsad – tarqoq mintaqani iqtisodiy birdamlikka undash, toki qo’shnilar chegara osha savdoni kengaytirsin, boj va boshqa tegishli tizimlarni zamonga moslasin, korrupsiyaga qarshi konkret choralar ko’rsin va qatnovni osonlashtirsin.

“Niyatimiz - yordam berish”, - deydi rasmiy. “Chet eldan sarmoya oqimi oshishi uchun sharoitni yaxshilash kerak”.

Fotima Sumar, AQSh yetakchi diplomati
Fotima Sumar, AQSh yetakchi diplomati

Jorj Vashington universitetidagi anjumanda so'zlagan diplomatning ta’kidlashicha, Amerika har tomonlama ko’maklashishga tayyor lekin o’zaro hamjihatlikka erishish uchun mintaqa davlatlarining o’zi harakat qilishi kerak. Markaziy Osiyo dunyodagi eng tarqoq hududlardan biri bo’lib qolaveradimi yoki taraqqiyot uchun qo’shnilar til topishishi, ziddiyatlarni murosa bilan hal etishi kerakligini anglaydimi?

Fotima Sumar nazarida astalik bilan ijobiy qadamlar tashlanmoqda. Turkmaniston gazi Afg’oniston, Pokiston va Hindistonga uzatila boshlaydi. Tojikiston va Qirg’iziston yozdagi ortiqcha tokni Afg’oniston va Pokistonga sotadi. Qozog’iston va Qirg’iziston orasida savdo va biznes tobora kengayib bormoqda.

Lekin butun mintaqa bo’ylab hayotni osonlashtiradigan qadamlar tashlanayotgani sezilmaydi. Chegaradan o’tish azob, agar punktlar ochiq bo’lsa. O’zbekiston va Qirg’iziston, O’zbekiston va Tojikiston orasida qatnov juda qiyin va sust.

Mintaqada poytaxtlararo bevosita aviareyslar juda kam, agar ular ham mavjud bo’lsa. Masalan, Dushanbedan Toshkentga uchish uchun avval Turkiyaga borib, Istantanbuldan O’zbekiston poytaxtiga kelasiz.

Jalol-Obod viloyatining Suzoq tumanida bozor qilayotgan otaxon
Jalol-Obod viloyatining Suzoq tumanida bozor qilayotgan otaxon

Rossiya va Markaziy Osiyo bo’yicha ekspert Andryu Kachins tahlilicha, Yangi Ipak Yo’li tashabbusi aslida juda eski g’oya. Sobiq ittifoq parchalanib, Markaziy Osiyoda mustaqil davlatlar vujudga kelganidan beri bu borada gap ketadi, deydi u, ham mintaqada, ham xorijda.

G’arbu sharqni bog’lagan, nafaqat mahsulot balki madaniyat va bilim almashilgan buyuk yo’nalish tiklansa qaniydi deya orzu qilmay bo’ladimi, deydi u. Lekin boshqa ko’plab ajoyib g’oyalar singari bu ham asosan og’izda.

Amalda esa na Amerikada va na mintaqada jiddiy harakat bor. Markaziy Osiyodagi har bir respublika o’z qo’shnisi bilan rishtalarni tartibga solib, birga ishlashni yo’lga qo’ysagina, birgalikda kattaroq qadam tashlanishi mumkin.

Mintaqaviy tashkilot tuzish kerak degan tashabbus ham bor. Lekin mintaqa rahbarlari bilan suhbatlarda bo’lgan Andryu Kachins fikricha, yangi organ bilan maqsadga yetib bo’lmaydi.

Kuchli xohish bo’lishi kerak, oradagi kelishmovchiliklar hal etilishi kerak. Masalan, O’zbekiston va Tojikiston orasida suv, energiya va tranzit bo’yicha ziddiyatlar.

Anjuman ketidan anjuman
Anjuman ketidan anjuman

O’zbekistonlik yosh ekspert, hozirda Vashingtondagi Jons Xopkins universitetida izlanishlar olib borayotgan Farrux Irnazarov mahalliy fikrga e’tibor qaratadi. Jamoatchilik, ayniqsa tadbirkorlar va biznes ahli bilan so’zlashsangiz, ularning dardi bir dunyo, deydi Irnazarov.

Avvalo ularning vatandagi muammolari hal etilishi lozim, keyin esa qo’shnilar va uzoq-yaqindagi davlatlar bilan hamkorlik haqida gap ochsa bo’ladi. Yonma-yon yashayotgan xalqlar bir-biridagi o’zgarishlar, ijobiy va salbiy holatlar haqida deyarli bilmaydi.

Masalan, Qozog’istonda tadbirkorlar O’zbekistonni umuman biznes qilib bo’lmaydigan joy deb hisoblasa, O’zbekistonda “yaxshiyam Qozog’iston singari global moliyaviy tizimlarga bog’lanmaganmiz, aks holda biz ham zarar ko’rardik”, deyishadi. Har bir davlatda integratsiya dolzarb masala emas deya bahslashuvchilar ko’p.

Har bir respublika o’z taraqqiyot yo’liga ega va strategiyalar qovushmasligi mumkin, degan qarash ham keng tarqalgan. Amerika Yangi Ipak Yo’lini targ’ib qilarkan, mana shu real holatlarni ham hisobga olishi zarur, deydi Irnazarov.

Markaziy Osiyo bozorlarida
Markaziy Osiyo bozorlarida

Hozirgi tashabbusning asosi mavhum, deydi u, eng maq’ul yo’l – mintaqa bo’ylab konkret loyihalarni ishga solish. Masalan, chegaralardan o’tishni osonlashtirish yoki boj tizimini takomillashtirish, isloh qilish. Davlatlar jarayonni yangilash o’zlariga foyda ekanini anglab yetsa, astalik bilan hamkorlik ham kengaya boshlaydi, deydi mutaxassis.

Qizig’i shundaki, mintaqa rasmiylari bilan gaplashganimizda ular “yangi Ipak yo’li allaqachon barpo etila boshlagan” deydi. Amerika targ’iboti va uning ishtirokidan qat’i nazar Markaziy Osiyoda yangi savdo yo’llari qurila boshlagan, ayrimlari ishga tushib ketgan va davlatlar janubiy qo’shnilari bilan, qolaversa Xitoy bilan yaqin hamkorlik yo’lidan ketmoqda. Xitoy rasmiylari ham Markaziy Osiyo bilan aloqalarga to’xtalganida o’z “ipak yo’li” haqida bong uradi.

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova - "Amerika Ovozi" teleradiosining yetakchi multimedia jurnalisti. "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. Ko'rsatuvlar taqdim etish bilan birga prodyuser, muxbir va muharrir. O'zbekistonda akkreditatsiyadan o'tgan yagona amerikalik jurnalist. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Shuningdek, Garvard Universitetidan (Harvard University) davlat boshqaruvi va liderlik bo'yicha magistrlik diplomiga ega. Jurnalistik va ilmiy materiallari qator xalqaro manbalarda chop etilgan. Amerikaning nufuzli universitetlari va tahlil markazlarida so'zlab, ma'ruzalar o'qib keladi. "Amerika Ovozi" oltin medali sohibi. Tashkilotda gender va jurnalistika bo'yicha kengash raisi. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

    Navbahor Imamova is a prominent Uzbek journalist at the Voice of America. As anchor, reporter, multimedia editor and producer, she has covered Central Asia and the U.S. for more than 20 years on TV, radio and online. Since 2018, she has also been reporting from inside Uzbekistan as the first-ever U.S.-based accredited correspondent in the country. During 2016-2017, she was a prestigious Edward S. Mason Fellow in public policy and management, while earning her Mid-Career Master in Public Administration at Harvard University’s John F. Kennedy School of Government. Navbahor played a pivotal role in the launch of Uzbek television programming at VOA in 2003, and has since presented more than 1000 editions of the flagship weekly show, “Amerika Manzaralari” (Exploring America), which covers American foreign policy focusing on Washington’s relations with Central Asia, as well as life and politics in the U.S. She speaks frequently on regional issues in Central Asia, as well as Uzbek politics and society, for policy, academic, and popular audiences. Her analytical pieces have been published in leading academic and news outlets including Foreign Policy, The National Interest, and the Atlantic. Navbahor also is the founding President of the VOA Women’s Caucus. She began her career at Uzbekistan’s state broadcasting company in Tashkent. She holds a Bachelor of Arts in journalism and mass communication from the University of Mysore, India and a Master of Arts in journalism from Ball State University, Indiana.

XS
SM
MD
LG