Inson huquqlarini himoya qiluvchi "Human Rights Watch" tashkiloti hisobotiga ko’ra, o’tgan yili Qozog’iston va O’zbekiston hukumatlari tanqidchilarni tahqirlashga zo’r berib, Markaziy Osiyoda biror rahbar huquqni poymol qilish, qiynoqlar kabi illatlarga qarshi sezilarli chora ko’rmagan.
Qozog’istonda, xususan, fikr erkinligi, siyosiy faollik keskin bosimga olinmoqda, muxolifat ta’sis etgan ommaviy axborot organlari yopilib, taniqli muxolifatchilar turmaga tashlanayapti.
O’zbekistonda hukumat fuqaro jamiyatini ta’qib qilib, qamoqdagi siyosiy mahbuslarning jazo muddatini sudsiz uzaytirib, mamlakatga xorijlik jurnalistlarni kiritmay keladi.
Shuningdek, BMT vakillari uchun ham mamlakat darvozalari yopiq. 10 yildirki, tashkilotning biror maxsus elchisi respublikadagi vaziyat bilan tanishish imkoniyatiga ega emas.
Turkmaniston dunyoning eng yopiq va repressiv jamiyatlaridan biri, deyiladi hisobotda. Qirg'iziston va Tojikistonda huquq bobida jinday ijobiy siljishlar bo'lgan.
“Lekin bu hukumatlar, deylik, qiynoqlar muammosini hal qilishga va’da berib kelsa-da, hali amalda vaziyat o’sha-o’sha”, - deydi "Human Rights Watch" ning Yevropa va Markaziy Osiyo bo’yicha direktori Xyu Vilyamson.
“Qozog’iston va O’zbekistonda 2012-yilda insonning fundamental huquqlari naqadar poymol qilinganini ko’rib, odam dahshatga tushadi”, - deydi u.
“Holbuki, Yevropa Ittifoqi va Qo’shma Shtatlar Markaziy Osiyodagi qo’rqinchli huquqiy vaziyat yuzasidan jim turishni ma’qul topmoqda, aynan hozir hukumat repressiyasi qurbonlari haqida oshkora gapirish kerak bo’lgan bir pallada”.
665-sahifalik tahlilda "Human Rights Watch" 90 davlatda haq-huquqqa doir ahvolni o’rgangan.
Jumladan, deya yozadi "Human Rights Watch", 2011-yilning dekabrida Janaozen shahrida qozoq politsiyasi va armiya konchilar va boshqalarga qarata o’t ochib, 12 odamni o’ldirgan. 2012-yilda rahbariyat neft-kon sanoatining ashaddiy tanqidchilari va fuqaro jamiyati faollarini, jurnalistlarni tahqirlashga o’tgan. O’nlab odamlar ish tashlash va zo’ravonlikdagi roli uchun deya hibsga olingan.
Qirg’iziston 2010-yilning yozidagi etnik to’qnashuvlar asorati bilan hamon olishmoqda. Janubdagi qonli olishuvda yuzlab odam jon berib, minglab fuqaro mayib bo’lgan. Bir qarashda ahvol tinch ko’rinsa-da, huquq-tartibor idoralari o’zbeklarni ushlab, qiynoqqa solishda, ulardan pul undirishda davom etayapti.
Vaholanki, 2012-yilda Qirg’iziston qiynoqqa qarshi mexanizm dasturini qabul qilgan edi. Huquq himoyachisi Azimjon Asqarov hali ham umrbod qamoq jazosini o’tayapti, deya yozadi "Human Rights Watch", u qiynoqlar va noxolis sud qurbonidir.

Faqat Qirg'iziston va Tojikistonda huquq bobida jinday ijobiy siljishlar bo'lgan.