Breaking News

C5+1 muloqoti Markaziy Osiyoda birdamlikni ta'minlashi mumkinmi?


Ukraina
Ukraina

Mintaqaviy birdamlik Markaziy Osiyo rivojining asosiy shartlaridan biri sifatida ko'riladi. Ammo turli ziddiyatlarga tortilgan davlatlar o'rtasida hamkorlik murakkab masala. Markaziy Osiyo va AQSh ishtirokida tashkil topgan C5+1 muloqoti bu borada yangi qadam. Lekin hozircha og'izda. Ancha yillardan beri mintaqaviy integratsiyani targ'ib qilib kelayotgan Vashington nazarida respublikalar baribir bir yoqadan bosh chiqaradi. Regionda ham bu orzu bilan yashayotganlar juda ko'p.

Mustaqillikning ilk yillarida tuzilgan mintaqaviy ittifoq ham, iqtisodiy hamkorlik tashkiloti ham ko'p o'tmasdan tarqadi, faoliyat ixtiyoriy ravishda tugatildi.

Markaziy Osiyo rahbarlari uzoq yillardan beri mintaqaviy munosabatlarni hamjihatlikda, ko'p tomonlama muhokama qilmagan. Ular faqat MDH, ShHT, KXSh kabi tashkilotlar doirasida yig'iladi.

Region rivojlanishi, iqtisodiy taraqqiyot uchun esa hamkorlikka, tijorat, transportka e'tibor berish kerak, bu boradagi to'siqlar olib tashlanishi muhim shartlardir.

C5+1 deb nomlangan yangi formatdagi muloqot bo'yicha deklaratsiya Samarqandda AQSh bosh diplomati, mintaqaning besh davlati tashqi ishlar vazirlari tomonidan o'tgan noyabr oyida imzolangan edi.

Tomonlar davlatlar mustaqilligi, daxlsizligini saqlagan holda iqtisod, savdo, madaniyat, ta'lim sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish, o'zaro bordi-keldini yaxshilashga kelishib oldi. Navbatdagi uchrashuv shu yil yozda AQShda o'tishi kutilmoqda.

Siyosatshunos Farxod Tolipovga ko'ra, mintaqaviy hamkorlik haqida muhokamalar deyarli unutilgan paytda bu muloqot umid uyg'otadi.

“Bu tashabbusga AQSh bosh qo'shayotgani jiddiy natija berishi mumkin. Bu esa mintaqaviy hamkorlik tiklanishini uzoq yillardan buyon kutayotgan Markaziy Osiyo uchun shubhasiz jiddiy yutuq bo'ladi”, - deydi Tolipov.

O'zbekiston va Qirg'iziston o'rtasida chegaraviy ziddiyat, prezident Almazbek Atambayev tomonidan Toshkentga nisbatan bildirilgan bayonotlar oradagi ishonch past ekanini anglatadi.

Mintaqada O'zbekiston-Qirg'iziston munosabatlari o'ta ziddiyatli, chegaraning 400 kilometrga yaqini hamon aniq emas. Bahsli hududlar masalasi siyosiy ehtiroslarning tez-tez qo'zg'alishiga sabab bo'lib keladi.

So'nggi paytda Bishkek pozitsiyasi ancha keskinlashib, Qirg'izistonda O'zbekistonga tegishli mulklar milliylashtirilishi ham kuzatilmoqda.

Ayrim sharhlovchilar nazarida bu ishlar ortida Moskva turibdi.

“Rossiya Qirg'izistonda bahsli hududlar, chegaraviy mojarolar yaratish bilan O'zbekistonga nisbatan bosimni oshirishga harakat qilib kelayapti. Mintaqada o'zaro ishonch va hamkorlikning yo'qligi natijasida esa nisbatan ojizroq davlatlar geosiyosiy kuchlar qo'lidagi vositaga aylanib qolgan. Bunga Qirg'iziston kabi ojiz davlatlarga ko'mak bermagan Toshkentning o'zi ham aybdor”, - deydi Yevropada yashovchi siyosiy muhojir, o'zbek yozuvchisi Safar Bekjon.

C5+1 vakillari yaqinda Bishkekda uchrashdi. Qatnashuvchilar muloqot sermazmun kechganini, tomonl doirasida o'tkazilgan uchrashuvga ham tasir qilgani kuzatiladi.

AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasida savdo va investitsiya muhiti haqida gaplashilgan.

O'zbekiston matbuotida bu yig'in yoritilmagan, vaholanki, unda Bishkekdagi elchi ishtirok etib, savdo aloqalari, bojxona xizmati va transport qatnoviga doir muammolar muhokama qilingan.

  • 16x9 Image

    Malik Mansur

    Malik Mansur Toshkent Davlat Universitetini (hozirda O'zbekiston Milliy Universiteti) bitirgan. Professional jurnalist. Bu sohada 1990-yilardan beri ishlab keladi. O'zbekistonda qator nashrlarda faoliyat yuritgan. "Amerika Ovozi bilan 2002-yildan buyon hamkorlik qilib keladi. Vatandagi siyosat, iqtisod va ijtimoiy hayotni yoritadi.
     

XS
SM
MD
LG