Breaking News

Chechenistondagi portlashlarda to'qqiz kishi o'lgan


Chechenistondagi portlashlarda to'qqiz kishi o'lgan
Chechenistondagi portlashlarda to'qqiz kishi o'lgan

Rossiya rasmiylarining tasdiqlashicha, bugun Checheniston poytaxti Grozniyda ro'y bergan portlashlarda to'qqiz kishi halok bo'lgan, jumladan yetti politsiyachi.

Bir kishi parlament binosi oldida, politsiya uni qo'lga olishga urinayotgan paytda, o'zini portlatgan.

Oradan 20 daqiqa o'tib, voqea joyida politsiya va boshqa xizmatchilar ko'paygach, yana ikki kishi o'zini portlatib yuborgan.

Ramazon hayiti nishonlanayotgan damlarda sodir etilgan bu xurujlar ortida kim turgani noma'lum. 20 dan ortiq odam jarohatlangan.

Bu yili Rossiya xavfsizlik kuchlari Shimoliy Kavkazda, xususan Chechenistonda terrorizmga qarshi kurashni kuchaytirgan. Jangari kuchlarni nishonga oluvchi maxsus operatsiyalar olib borilayotgani, yuzlab fuqarolar hibsda ekani ma'lum.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG