Breaking News

Parranda grippi Xitoyda ikki kishini o'ldirgan


Yil boshidan beri Xitoyda parranda grippi ikki kishini o’ldirgan. Janubi-sharqiy, qishloq xo’jaligiga asoslangan Guyju viloyatida 31 yoshli erkak bugun bu virusdan vafot etgan.

"Amerika Ovozi" xabarlari, 23-fevral, 2013
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:05:07 0:00
Yuklab oling

O’tgan hafta 21 yoshli ayol ham parrandalardan yuqadigan, jamiki organlarga birdek tahdid soladigan bu xastalikdan nobud bo’lgan edi.

Grippning bu turi bir necha yildan beri insoniyatga xavf solib kelmoqda. Boshqa davlatlarga qaraganda Xitoyda keng tarqalgan. Olimlarning xavotiri shuki, parrandalardan o’tadigan bu kasallik insonlarda murakkab tus olib, tezlikda yuqadigan pandemiyaga aylanishi mumkin.

Jahon Banki bu grippga qarshi loyihalarni moliyalab, ko’plab mamlakatlar qishloq xo’jaligiga diqqatni oshirgan. Xususan Markaziy Osiyo respublikalari, masalan O’zbekistonda parranda grippining oldini olish uchun maxsus programmalar ishga solingan.

O’tgan yillar ichida Xitoyda grippni yo’q qilish uchun millionlab parranda qirib tashlandi. Bu albatta iqtisodga ulkan zarba bo’ldi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG