Breaking News

Xitoy britan tashkilotlari va fuqarolarini qora ro'yxatga kiritdi


Xitoy Britaniyani Shinjon haqida yolg’on ma’lumot tarqatayotganlikda ayblab, bir necha britan tashkiloti va fuqarosini qora ro’yxatga qo’shgan. Yevropa Ittifoqi, AQSh, Kanada va Britaniya Xitoy Kommunistik partiyasi g’arbiy viloyatda inson huquqlarini poymol etayotganiga ishora qilib, bir necha kun oldin Pekinni sanksiyalar bilan jazolagan edi. Xitoy bunga endi javob bermoqda.

Xalqaro hayot – 26-mart, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:10:26 0:00

Tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, Britaniyaga qarashli 4 tashkilot va 9 fuqaro, jumladan 7 qonunchiga qarshi sanksiyalar qo’llanmoqda. Ulardan biri Konservatorlar partiyasining sobiq rahbari Ian Dunkan Smit.

Xitoy ushbu shaxslar hamda Konservatorlar partiyasining Inson huquqlari komissiyasi, Uyg’ur tribunali, Xitoy tadqiqot guruhi va Londondagi bir advokatlik idorasini Shinjon haqida mish-mish, soxta xabar va yolg’on ma’lumot tarqatayotganlikda ayblamoqda.

Ushbu shaxslar va ularning oila a’zolari Xitoy hududiga kira olmaydi endi, Xitoy fuqarolari va tashkilotlariga ular bilan ish qilish taqiqlanadi.

Qo’shma Shtatlar Xitoy hukumatining uyg’urlar va boshqa musulmon xalqlarga qarshi siyosatini qatliom deb ataydi, yuz minglab odamning o’z ixtiyoriga qarshi lagerlarda saqlanayotganini bildiradi. Pekin joriy haftada Yevropa Ittifoqiga qarshi jazo choralarini ham e’lon qilgan.

Dunkan Smit Xitoy qora ro’yxatiga tushganini o’zi uchun sharaf deb atadi. Britaniya hukumati Xitoyning Hind-Tinch okeani mintaqasida ta’sirini oshirishga qaratilgan harakatlarini tanqid qilgan holda Pekin bilan savdo-sotiq qilishga, iqlim o’zgarishi kabi masalalarda muloqot qilishga majbur ekanini tan oladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG