Breaking News

Amerika kompaniyasi Xitoyni kiberxurujlarda ayblamoqda


AQShning "Mendaynt" (Mandiant) kompaniyasiga ko'ra, xitoylik xakerlar Shanxayda Xitoy xalq ozodligi armiyasiga tegishli imorat yaqinidagi joydan turib faoliyat yuritmoqda
AQShning "Mendaynt" (Mandiant) kompaniyasiga ko'ra, xitoylik xakerlar Shanxayda Xitoy xalq ozodligi armiyasiga tegishli imorat yaqinidagi joydan turib faoliyat yuritmoqda
Internet xavfsizligi bilan shug’ullanuvchi AQShning “Mendaynt” (Mandiant) kompaniyasiga ko’ra, Amerika kompaniyalari, hukumati va muhim infratuzilmasiga aloqador veb-sahifalarga uyushtirilgan hujumlar ortida Xitoy hukumati turibdi. 60 sahifali hujjatda xitoylik xakerlar amalga oshirgan xurujlar misol tariqasida keltiriladi. Ularga esa, deyiladi hisobotda, Xitoy hukumati yordam bermoqda.

Xususan, kompaniya da’vosiga ko’ra, 2006-yildan beri AQShga qarashli 150 tashkilotdan ma’lumotlar o’g’irlangan. Bu tashkilotlarning nomlari keltirilmagan, ammo ularning 20 yo’nalish bo’yicha ish olib borayotgani aytiladi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi so’zlovchisi Xon Ley ayblovlarni inkor etdi.

"Xakerlar hujumi xalqaro muammo. Uni ishonch bilan va hamkorlikda hal qilish lozim. Isbotsiz, asossiz ayblovlar yuklash jiddiy tashkilotga yarashmaydi", - deydi Xitoy rasmiysi.

Xon Ley o’z navbatida Xitoyda o’tkazilgan izlanish natijasiga ishora qilib, uning mamlakatidagi kiberxurujlarga Qo’shma Shtatlar aloqador ekanini aytdi.

“Mendaynt” kompaniyasi xurujlarni yetti yil davomida kuzatib, taftish qilganini, 90 foizidan ko’pi Shanxaydagi Xitoy ozodlik armiyasi joylashgan 12 qavatli binoga yaqin hududdan amalga oshirilganini ta’kidlaydi. Xitoy harbiylari bu ishga mas’ul bo’lmasa-da, nahotki ular o’z mahallalaridagi xakerlar faoliyati haqida bilishmagan bo’lsa, deyiladi kinoya bilan AQSh kompaniyasi hisobotida.

Qo’shma Shtatlar shu yildan boshlab kiberxavfsizlik bilan shug’ullanuvchi mutaxassislari sonini 900 dan to’rt mingga oshirdi.

Kiber-xavfsizlik/Cybersecurity
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:13 0:00
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG