Breaking News

Xitoy majburiy mehnat haqidagi da'volarni inkor etmoqda


BBC axborot korporatsiyasi Xitoy g’arbidagi Shinjon viloyatida musulmon aholining salkam yarim millioni paxta terish uchun dalaga majburan olib chiqilgani haqida xabar berishi ketidan Xitoy hukumati Shinjonda majburiy mehnat yo’q deya, G’arb matbuotidagi bunday xabarlarni yolg’on deya bayonot berdi.

Xalqaro hayot – 15-dekabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:53 0:00

“Barcha millat va elat vakillarini barqaror ish bilan ta’minlashning majburiy mehnatdan farqi bor”, - dedi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi so’zlovchisi Van Venbin.

Qator mamlakatlar va inson huquqlari himoyasi bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar Xitoyni Shinjondagi uyg’ur, qozoq, o’zbek va boshqa musulmon aholining minglab vakillarini lagerlarda saqlayotganlikda, islom dinidan voz kechib, Kommunistik partiyaga sodiq bo’lishga majburlayotganlikda ayblaydi.

BBCning xabar berishicha, uyg’urlar zavod va fabrikalarda ham majburlab ishlatilmoqda. Hukumatga ko’ra, odamlar qashshoqlikka qarshi kurash dasturi doirasida korxonalarda ixtiyoriy ravishda mehnat qilmoqda.

Mamlakatdagi paxta hosilining 85 foizi Shinjonda yetishtiriladi. Jahon bozoridagi paxtaning 20 foizi Xitoydan keladi.

AQSh ma’muriyati ham Xitoyda majburiy mehnat amaliyotini tanqid qilarkan, dekabr boshida Shinjon ishlab chiqarish va qurilish korpusi qora ro’yxatga kiritilib, undan paxta sotib olish man qilindi.

Korpus Mudofaa vazirligiga aloqador tashkilot bo’lib, Xitoyda yetishtirilayotgan paxtaning 30 foiziga mas’ul.

AQSh ichki xavfsizlik vazirining o’rinbosari Kennet Kuchinellining aytishicha, “Xitoyda ishlangan” yorlig’i xaridorlarga ogohlantirish bo’lib xizmat qilishi kerak, chunki oila va do’stlar uchun Rojdestvo bayramiga Xitoydan xarid qilinayotgan mahsulotlar majburiy mehnat hisobiga ishlangan bo’lishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG