Breaking News

Geyts Xitoyga safarini sermahsul deya ta’rifladi


Buyuk Xitoy devorida turib jurnalistlar bilan gaplashgan Robert Geyts Pekin-Vashington hamkorligi davom etadi, dedi
Buyuk Xitoy devorida turib jurnalistlar bilan gaplashgan Robert Geyts Pekin-Vashington hamkorligi davom etadi, dedi

Xitoyga safarini yakunlagan AQSh Mudofaa vaziri Robert Geyts bugun Yaponiyada. Pekindagi muzokaralar sermahsul o’tdi, deydi u.

Geyts oxirgi paytlarda sovuqlashgan aloqalarni yaxshilashga harakat qilmoqda.

Vazirning aytishicha, salkam bir yillik tanaffusdan keyin ikki davlat harbiylari hamkorlikni davom ettirishga kelishib olgan.

Kecha AQSh Mudofaa vaziri Xitoy yadroviy izlanishlar markazida bo’ldi. Bu idora mamlakat harbiy arsenali, jumladan atom qurollari va raketa tizimi uchun mas’ul.

Qo’shma Shtatlar va Xitoy bir-birini ura oladigan, uzoq masofaga uchuvchi raketalarga ega.

Robert Geyts harbiylar va rasmiylar bilan samimiy gaplashib olganini aytmoqda. “Pekin Vashington bilan birga ishlash tarafdori”,- deydi u.

Kuni-kecha Xitoy yangi avloq qiruvchi samolyotini sinovdan o’tkazdi.

“Yangi samolyot sinovi xalqaro hamjamiyatni xavotirga solmasin”, - deydi Xitoy Tashqi ishlar vaziri muovini Kui Tiankay. “Maqsad biror davlatni nishonga olish emas”, - deydi u.

O’tgan yili Qo’shma Shtatlar ittifoqchi davlat Tayvanga qurol sotishini ma’lum qilgan edi. Bundan norozi, orol davlatni o’ziniki deb bilgan Xitoy AQSh bilan harbiy rishtalarni uzdi.

Vazir Geytsning o’tgan yil yozda Xitoyga rejalangan safari ham bekor qilingan edi.

Geyts Yaponiyadagi muzokaralar ketidan juma kuni Janubiy Koreyaga yo’l oladi.

Kelasi hafta esa Xitoy prezidenti Xu Tsintao Vashingtonga tashrif buyuradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG