Breaking News

Xitoy Gonkongdagi otelni xavfsizlik idorasiga aylantirdi


Idoraning ochilish marosimi
Idoraning ochilish marosimi

Xitoyda Gonkong xavfsizligiga doir qonun qabul qilinishi ketidan 1997-yilda Britaniyadan Xitoyga topshirilgan ushbu shahar markazidagi bir mehmonxona Xitoy Milliy xavfsizlik idorasiga aylantirildi.

Xitoy rasmiylariga ko’ra, yangi qonunni Gonkongda joriy etish uchun xavfsizlik idorasiga ehtiyoj bo’lgan, biroq “Metropark” oteli idora vazifasini vaqtincha bajarishi aytilmoqda.

Gonkongliklar bundan bexabar ekanini aytadi.

“Jamoatchilikni xabardor qilishmagan, yo’llarni birdan yopishdi, Xitoy bayro’gini ko’tarishdi”, - deydi ulardan biri.

Qonun salkam 10 kun oldin qabul qilindi. Tanqidchilar shu kungacha siyosiy erkinliklardan bahramand bo’lgan Gonkong endi qattiq nazoratga olinishini aytadi.

Bo’lginchilik, qo’poruvchilik, terrorizm, xorijiy kuchlar bilan til biriktirish kabi jinoyatlar uchun ushbu qonunda umrbod qamoq jazosi belgilangan.

Yangi qonun Gonkongda ochilgan xavfsizlik idorasiga mahalliy qonunlarga bo’ysunmaslik hamda jinoyatlarda gumon qilinganlarni sudlash uchun Xitoyga yuborish vakolatini beradi.

So’nggi kunlarda yangi qonunga ko’ra kamida 10 odam, jumladan 15 yashar o’smir Xitoy milliy xavfsizligiga tahdid deb hibsga olingan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG