Breaking News

BAA ketidan Xitoy ham Marsga raketa uchirdi


Xitoy Birlashgan Arab Amirliklari ketidan Marsga fazogirsiz apparatini uchirdi. Bu Xitoyning o’zga sayyoraga o’z raketasidagi ilk missiyasidir.

“Uzoq marsh-5” raketasi janubdagi Xaynan orolida joylashgan kosmodromdan fazoga ko’tarildi. Apparat fevral oyida Qizil sayyoraga yetib borishi kutilmoqda, shundan so’ng 2-3 oy davomida Mars atmosferasiga kirishga va sayyora sirtiga qo’nishga harakat qiladi.

Missiya dovonlarga to’la, deydi Xitoy fazo agentligi vakili Lyu Tongjye.

“Raketa Marsga yaqinlashganida tezligini tushirishi o’ta muhimdir. Agar bu jarayon to’g’ri amalga oshmasa yoki hisob-kitob to’g’ri bo’lmasa, apparat Mars gravitatsiyasiga tushmay qolishi, bu esa qiyinchiliklar, xavf-xatar tug’dirishi mumkin”, - deydi mutaxassis.

Raketa Mars sirtiga rejaga ko’ra qo’nsa, marsoxodni chiqarib, moslama 90 kun davomida sayyorani o’rganadi.

Xitoy Marsda suv yoki muz alomatlarini qidiradi.

Hafta boshida Birlashgan Aram Amirliklari ham Marsga raketa uchirgan. Qo’shma Shtatlar parvozga hozirlanmoqda. AQSh Fazo agentligi Marsga eng katta, eng og’ir va eng zamonaviy marsoxod chiqarmoqchi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG