Xitoy hukumati Guangdong viloyatida atom inshooti barpo etish rejasidan qaytgan. Sabab – jamoatchilik qarshi.
Mahalliy aholi norozilik namoyishi qilaverib, amaldorlarni shunga ishontirdiki, loyiha bekor qilinishi kerak, deydi rasmiylar.
Xitoy Milliy Atom Korporatsiyasi bu proyekt uchun 6 milliard dollar ajratayotgan edi. Yadroviy energiya ishlab chiqarish uchun zarur uran shu yerda boyitiladi, deya e’lon qilingan edi.
Lekin bunday inshootlar aholi hayotini qiyinlashtirishi, sog’liqqa zarar yetkazishi tayin. Ekspertlar hukumatni bu borada ogohlantirgan. Ommaviy chiqishlarda radiatsiya va ehtiyotsizlik hollariga urg’u berildi. Bugun mutasaddilar “loyiha chetga surildi” deya bayon qildi.