Breaking News

Xitoy-Pokiston transport korridori - ulkan iqtisodiy imkoniyat


Xitoy va Pokiston yo’llar, temir yo’llari, energetikaga doir loyihalarni o’z ichiga oluvchi iqtisodiy korridor rejasini amalga oshirishni boshladi. Xitoyning Shinjon-uyg'ur muxotiriyatidan Pokiston janubi-g’arbidagi Gvadar dengiz portigacha bo’lgan uch ming kilometrlik yo’l ikki davlat o’rtasidagi savdoni kengaytiradi.

Loyiha Xitoyga shu yo’nalish bo’ylab joylashgan 12 viloyatni rivojlantirish, Pokistonga esa infratuzilmasi va ta’mirga muhtoj yonilg’i tizmini yaxshilash uchun qulay imkoniyatdir.

Gvadar porti bo’lginchilar faol Balujiston viloyatida joylashgan bo’lib, loyihani amalga oshirishda bu Pokiston hukumatiga muammo tug’dirishi mumkin.

Markaziy hukumatdan tabiiy resurslarga boy viloyat uchun kengroq muxtoriyat talab qilayotgan kuchlar o’tmishda gaz quvurlarini portlatib kelgan.

Xitoy proyektga 50 milliard dollar sarflashi kutilmoqda, biroq bu xorijdan neftni import qilishda to’qqiz ming kilometrga kam masofani bosib o’tish imkonini yaratadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG