Breaking News

Xitoyda xorijiy sarmoyaga yo'l ochilishi mumkin


Xitoy Kommunistik partiyaning to’rt kunlik majlisidan so’ng islohotlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyotni ko’tarish zarurati haqida gapirmoqda. Rasmiy matbuot xabariga ko’ra, hukumat davlat tasarrufidagi iqtisodiyotda xususiy biznes ulushini kuchaytirmoqchi.

376 a’zodan iborat Markaziy qo’mitaning yopiq eshiklar ortida o’tgan Uchinchi plenumida kelasi 10 yilda iqtisodiy rejani belgilash muhokama etilgani aytilmoqda.

Taxminlarga ko’ra, hukumat davlat tasarrufidagi korxonalar tizimini isloh qilish masalasini ko’rib chiqilgan.

Ayrim kuzatuvchilar nazarida bunday korxonalar iqtisodiy taraqqiyot va xususiy tadbirkorlik yo’lida g’ov bo’lib, korrupsiyani avj oldirayotgan omillardan hisoblanadi.

Shanxaydagi Fudan universitetida iqtisodiyot bo’yicha professor San Lijianning aytishicha, hukumat nazoratni bo’sh qo’yishi, davlat va biznes o’rtasidagi aloqalarni tartibga solishi, iqtisodiyotda bozor munosabatlariga kattaroq yo’l berishi lozim.

Davlat matbuotiga ko’ra, hukumat davlat korxonalarini xorijiy sarmoyalarga ochish xususida o’ylanmoqda. Chet el kompaniyalariga Xitoy korxonalari ulushining 15 foizigacha sotib olish taklif etilishi mumkin.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG