Breaking News

Xitoy AQShning 28 sobiq rasmiysini qora ro'yxatga kiritdi


Xitoy hukumati AQShning yangi ma’muriyati bilan hamkorlikka tayyor ekanini bildirarkan, Donald Tramp bilan birga iste’foga chiqqan davlat kotibi Mayk Pompeo va Tramp ma’muriyatining yana 27 a’zosini qora ro’yxatga qo’shdi.

Xalqaro hayot – 21-yanvar, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:47 0:00

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi sanksiyalarni Vashingtondagi inauguratsiya kuni e’lon qildi. AQSh Milliy xavfsizlik kengashi Pekinning bu qarorini “samarasiz va bema’ni” deb baholarkan, Xitoyni Amerikadagi siyosiy bo’linishdan foydalanishga harakat qilayotganlikda aybladi, respublikachi va demokrat qonunchilarni bu harakatni qoralashga da’vat etdi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytilishicha, Pompeo va boshqalar Xitoy ichki ishlariga qo’pol ravishda aralashgan, Xitoy manfaatlariga qarshi siyosat yuritgan, Xitoy xalqini tahqirlab, ikki davlat aloqalariga putur yetkazgan.

Pompeo iste’fosidan bir kun oldin Xitoyning Shinjonda uyg’urlarga qarshi siyosatini “qatliom” deb atadi. Davlat departamentida Pompeoning o’rnini egallashga umid qilayotgan Entoni Blinken bu xulosaga qo’shilishini bildirdi.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi so’zlovchisi Xua Chunyin Pompeo da’volarini inkor etarkan, uni “masxaraboz” deb atadi.

Xitoy qora ro’yxatiga Tramp ma’muriyatida savdo vakili bo’lgan Piter Navarro, Milliy xavfsizlik kengashini boshqargan Robert Obrayen va Jon Bolton, Sog’liqni saqlash vaziri Aleks Azar, AQShning BMTdagi elchisi Kelli Kraft va Trampning katta maslahatchisi bo’lgan Stiv Bennon kabi sobiq rasmiylar kiritildi.

Bundan keyin ular Xitoy, Gonkong va Makaoga kiritilmaydi, ularga aloqador kompaniyalarga esa Xitoy bilan biznes yuritish taqiqlanadi.

BMT hisobiga ko’ra, Xitoy hukumati kamida bir million uyg’ur va boshqa millatga mansub musulmonlarni ularning ixtiyoriga qarshi maxsus lagerlarda saqlamoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG