Breaking News

Xitoy Tayvanga qurol sotish haqidagi AQSh qaroridan norozi


Tayvanda o'tkazilgan harbiy mashg'ulotlar, 10-sentabr, 2015-yil
Tayvanda o'tkazilgan harbiy mashg'ulotlar, 10-sentabr, 2015-yil

Xitoy AQShning Tayvanga ikki milliard dollarga yaqin qurol sotish haqidagi qarori ustidan rasman norozilik bildirdi.

Mamlakat Tashqi ishlar vaziri o'rinbosari AQShning Pekindagi ikkinchi eng martabali diplomati bilan uchrashib, masala yuzasidan Xitoy noroziligini izhor qilgan. Uning aytishicha, bunga qarshi zarur choralar ko'rilishi, jumladan, qurol savdosiga aralashgan kompaniyalarga sanksiyalar joriy etilishi mumkin.

AQSh Davlat departamenti Kongressga taqdim etgan rejaga binoan, Tayvanga ikkita harbiy kema, tankka qarshi raketalar, suv va quruqlikda harakatlanuvchi hujumkor transportlar va quruqlikdan havoga otiluvchi "Stinger" raketalarini sotish ko'zda tutilgan.

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Obama ma'muriyatini qurol savdosini to'xtatishga chaqirdi. AQSh Davlat departamenti esa savdo Tayvanning o'zini mudofaa qilish salohiyatini kuchaytirish bo'yicha AQSh o'z bo'yniga olgan majburiyatlari doirasida amalga oshirilayotganini ta'kidladi.

Xitoy Tayvanni o'z hududi deb biladi. Agar orol davlat o'z mustaqilligini e'lon qilsa, u yerga qo'shin kiritishi haqida ogohlantirgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG