Breaking News

Xitoyda Tiananmen qirg'ini xotirlandi


Tiananmen maydoni, Pekin
Tiananmen maydoni, Pekin
Xitoyda Tiananmen maydonidagi qirg’in yodga olinayapti. Pekinda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan, internet ustidan nazorat oshgan.

1989-yilda studentlar boshchiligida bir hafta davom etgan demokratik namoyishlar 4-iyun kuni tanklar va armiya yordamida ayovsiz bostirilgan edi.

Hukumat bu fojea munosabati bilan ommaviy marosimlar yoki muhokamalar o’tkazishni taqiqlab keladi.

Tiananmen voqeasi jahon hamjamiyatini larzaga solgan, talofatlar bir necha yuzdan oshgani taxmin qilinadi. Ayrim manbalarda o'lganlar minglarni tashkil etishini ta'kidlaydi.

Rasmiy Pekin bu namoyishni kontr-revolyutsion isyon deya ta’riflab, o’z xatti-harakatini himoya qilgan.

Bu mudhish hodisa Gong-Kongda ham yodga olindi:

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG