Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdog'an Xitoy bilan aloqalar taranglashganiga qaramay, bu yurtga tashrif buyurdi. Erdog'an avval Xitoy Bosh vaziri Li Ketsyan, so'ng Preziden Si Zinpin bilan uchrashdi.
Turkiya rahbari Xitoyning Shinjonda uyg'urlarga nisbatan qattiqqo'lligini qoralab keladi. Pekin bo'lginchilar bilan olishayotganini aytsa, xorijdagi uyg'ur faollari hukumatni ataylab uyg'urlarni tazyiqqa olayotganlikda ayblaydi.
Uyg'urlar taqdiriga hamdard namoyishchilar oy boshida Istanbulda Xitoy konsulligi yonida bu mamlakat bayroqlarini yoqishdi, poytaxt Anqarada xitoylik tadbirkorlarga qarashli kompaniyalarga hujum qilishdi.
Xitoy Turkiyani terrochilikda gumon qilingan uyg'urlarga turk pasportlari tarqatib, ularni Yaqin Sharqqa jo'natayotganlikda aybladi. Pekinga ko'ra, bu uyg'urlar "Islomiy davlat"ga qo'shilib, Iroq va Suriyada jang qilmoqchi.
Turkiya 2013-yilda Xitoydan qiymati 3,4 milliard dollarlik havo mudofaasi uchun uzoq masofali raketa sistemasini sotib olishga kelishgan edi, ammo shartnoma haligacha imzolanmagan.
G'arb davlatlari Anqaraning Pekin bilan harbiy hamkorlikni kuchaytirish qaroridan xavotirda.