Breaking News

Kongress Xitoy telefon firmalariga nega ishonmaydi?


Kongress AQSh kompaniyalarini Xitoyga qarashli ikki yirik telekommunikatsiya firmasi bilan ish qimaslikka chaqirmoqda.

Chunki bu firmalar xavfsizlikka tahdid, deyiladi Kongress Razvedka qo’mitasi hisobotida.

Huawei va ZTE telefon kompaniyalari ishlab chiqargan mahsulotni Amerika hukumat idoralarida, kompyuterlarda qo’llamagan ma’qul, deyiladi unda.

Bu vositalar yordamida rasmiy Pekin maxfiy muloqot, axborotni o’g’irlashi mumkin.

Xitoy bu hisobotni rad etib, AQSh Kongressini shubhalarni chetga surib, faktlarga asoslangan holda ish yuritishga da’vat etmoqda.

Huawei va ZTE dunyoning eng yirik mobil telefon ishlab chiqaruvchilaridan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG