Breaking News

Xitoy xorij avtomobillariga boj to’lovlarini 15 foizga tushirmoqchi


Xitoy 1-iyuldan boshlab chetdan kirayotgan aksariyat avtomobillar uchun boj to’lovlarini 25 dan 15 foizga tushirishini bildirmoqda. O’tgan oy Prezident Si Zinpin import tariflarini kamaytirishga va Xitoy avtomobil sanoatiga xorijdan egalik qilishga qo’yilgan cheklovlarni yengillashtirishga va’da bergan edi.

AQSh Prezidenti Donald Tramp 25 foizlik tarif ikki mamlakat o’rtasidagi savdo munosabatlarida eng katta to’siq deb kelgan edi.

AQSh Moliya vaziri Stiven Mnuchinning aytishicha, ikki mamlakat o’rtasida savdo bobida kechgan muzokaralarda qator muammolar bo’yicha yechim topildi, Xitoy Amerika savdo kamomadini qisqartirish uchun bu mamlakatdan ko’proq mahsulot xarid qilishga rozi bo’ldi.

Tramp nazarida, bu kelishuv, asosan, amerikalik fermerlarga foyda keltiradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG