Xitoy rasmiylarining aytishicha, Shinjon-Uyg’ur muxtoriyatidagi to’qnashuvda 16 odam halok bo’lgan.
Qashqar shahrida kecha politsiya reyd chog’ida pichoq va portlovchi moslama ko’targan kishilar tomonidan hujumga uchragani aytiladi.
Ikki politsiyachi, hujumchilardan 14 nafari o’lgan. Ikki nafari hibsda.
Shinjonda avvalroq ro’y bergan shu kabi xurujlarda Xitoy hukumati islomiy jangarilarni ayblab kelgan.
Huquq faollari esa g’alayon va hujumlar ortida rasmiy Pekinning ozchilik elatlar va diniy guruhlarga nisbatan zolim siyosati turganini ta’kidlaydi.