Breaking News

Amerika hukumati xalqaro pul o'tkazmalarini zimdan kuzatgan


“Western Union” kompaniyasi maqoladagi da’volarni bevosita tasdiqlamagan.
“Western Union” kompaniyasi maqoladagi da’volarni bevosita tasdiqlamagan.
AQSh matbuotining yoritishicha, razvedka xalqaro pul o’tkazmalarini zimdan kuzatib kelmoqda.

“Nyu-York Tayms” va “Vol-Strit Jornal” gazetalarida bugun chop etilgan maqolalarda “Western Union” kompaniyasi tilga olinadi.

Maqol mualliflari ismini oshkor etishni istamagan AQSh sobiq va amaldagi rasmiylariga tayanib xabar bermoqda.

Kuzatuv 2001-yilning 11-sentabrda Amerikaga qilingan terror hujumidan keyin boshlangan.

“Western Union” kompaniyasi maqoladagi da’volarni bevosita tasdiqlamagan.

Kompaniya qonunlarga amal qilishini, shubhali o’tkazmalar haqida tegishli idoraga xabar berishini bildirgan, xolos.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG