Breaking News

Klinton Armaniston-Ozarbayjon ziddiyatidan tashvishda


Xillari Klinton Yerevanda prezident Serj Sarkisyan bilan uchrashmoqda, 4-iyun, 2012-yil
Xillari Klinton Yerevanda prezident Serj Sarkisyan bilan uchrashmoqda, 4-iyun, 2012-yil

AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton Yevropa va Kavkaz bo'ylab safari davomida bugun Armanistonda bo'ldi. Ikki tomonlama munosabatlardan tashqari Armanistonning qo'shni Ozarbayjon bilan aloqalar va Tog'li Qorabog' maqomi muhokama etildi. So'nggi oylarda hech bir tomon murosa qilgisi kelmay, armiyasini qurollantirmoqda.

Klinton bu holatdan hamda chegarada vaziyat keskinlashayotganidan tashvishda ekanini aytdi. So'nggi to'qnashuvda uch arman askari halok bo'lgan.

Klinton buni qoralab, qurol bilan mojaroni hal etish mumkin emas, dedi. AQSh davlat kotibi Turkiyani Armaniston bilan munosabatlarni yaxshilashga chaqirdi.

Klinton chorshanba kuni Ozarbayjonda ham bo'ladi. Bokudagi uchrashuv chog'ida inson huquqlari masalasi ham ko'riladi. Xususan yaqinda Yevrovideniye tanlovi kunlari huquq himoyachilariga o'tkazilgan zulm muhokama etiladi.

Biroq Ozarbayjon hukumati nazarida xalqaro matbuotdagi tanqidlarning barchasi Armanistonning uydirmasi va tashviqoti.

Seshanba kuni esa Klinton Gruziyada bo'ladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG