AQSh Davlat kotibasi Xillari Klinton Janubi-sharqiy Osiyo bo’ylab safar qilar ekan, bugun Vyetnamda. Amerikaning mintaqada sarmoya va eksportini oshirishga qaratilgan takliflarini e’lon qilishi kutilmoqda.
Vashington so’nggi paytda Osiyoga e’tiborni oshirib, Xitoyni tashvishga solmoqda. Rasmiy Pekin prezident Obamaning Osiyo va Tinch okeani mintaqasiga doir yangi siyosatiga norozilik bildirgan. O’tgan yili qabul qilingan bu strategiyaga muvofiq, Qo’shma Shtatlar Filippin va Vyetnam bilan harbiy aloqalarini kuchaytirgan.
AQSh Xitoy unga raqib emas, hamkor bo’lishini istashini aytib keladi.
Kecha Klinton Mongoliyada bo’lib, iqtisodiy taraqqiyotning demokratiyaga bog’liqligi haqida so’zladi.
"21-asrda Osiyoda odamlar nafaqat o’ziga to’q, balki erkinroq ham bo’lishi kerak", - dedi Klinton.
Ayrim tahlilchilar nazarida uning bu gaplari Xitoyga qaratilgan.
Kommunistik davlat nazoratidagi “Global Times” sahifasida chop etilgan maqolada aytilishicha, Vashington Osiyoda faollashib, Xitoy qudratini cheklashga harakat qilmoqda.
Klinton Vyetnamda inson huquqlari AQSh uchun ustuvor masala bo’lib qolishini ta’kidladi. Davlat kotibi Xanoyda Tashqi ishlar vaziri Fam Bin Min bilan uchrashib, Vyetnamda erkin fikr bildirgan faollar, advokatlar va bloggerlarning qamalishi yuzasidan xavotirda ekanini aytgan.
Inson huquqlari bilan shug’ullanuvchi Human Rights Watch tashkilotiga ko’ra, Vyetnamda internetda erkin faoliyat yuritish mumkin emas. Klinton mamlakat bosh vaziri hamda Vyetnam va amerikalik tadbirkorlar bilan ham uchrashishi kutilmoqda.
Ertaga Klinton Kambodjada bo’lib, ASEANga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining majlisida ishtirok etadi. Shundan so'ng Laosga yo'l oladi.