Breaking News

Xillari Klinton Ostonada fuqarolik jamiyati faollari bilan uchrashdi


Xillari Klinton Ostonada fuqarolik jamiyati faollari bilan uchrashdi
Xillari Klinton Ostonada fuqarolik jamiyati faollari bilan uchrashdi

AQSh Davlat kotibasi Qozog'istonda xalqaro sammitda qatnashmoqda. Shuningdek, prezident Nursulton Nazarboyev bilan alohida suhbat quradi. So'ngra esa Bishkek va Toshkentga yo'l oladi.

Xillari Klinton Markaziy Osiyo bo'ylab safarida hamkorlik, demokratiya, huquq va erkinliklarga urg'u berish niyatida.

Bugun uni Qozog'iston poytaxtida qo'lida gul ko'targan, milliy libos kiygan ayollar kutib oldi. Xillari Klinton jamoatchi faollar, nohukumat tashkilotlari vakillari, mustaqil axborot vositalari xodimlari bilan muloqot qildi.

AQSh Davlat kotibasi Yevrosiyo Universitetida oshkoralik va huquq haqida so'zlab,mintaqa hukumatlarini erkinlik uchun keng yo'l ochishga chaqirdi.

"Huquqni cheklash bilan global maydonda o'zingiz uchun imkoniyatlarni cheklaysiz",- deydi Klinton xonim.

"Huquq himoyachilarining huquqini poymol etgan mamlakat erkin mamlakat emas",- dedi Xillari Klinton, fuqarolik jamiyati vakillari manfaati uchun gapirar ekan.

"XXI asrda muvaffaqqiyat qozonmoqchi bo'lsangiz, huquqni e'zozlashni o'rganish kerak bo'ladi", - dedi AQSh bosh diplomati.

Xillari Klinton fikricha Qozog'iston mintaqadagi boshqa jamiyatlarga qaraganda ko'proq yutuqqa erishgan, ammo huquq va adolat talab qilganlar bu yerda ham tazyiq ostida.

Jurnalistlar soxta ayblovlar bilan qamoqda, axborot vositalari amaldorlarni tanqid qilishdan hayiqadi.

Maxfiy ma'lumotlarni fosh etib tanilgan "WikiLeaks" saytida Amerika diplomatiyasi bilan bog'liq confidensial maktub va hujjatlar chop etilgani yuzasidan afsus bildirar ekan, Klinton xonim davlatlardan hovliqmaslikni so'rayapti.

"Ular diplomat va rasmiylarimiz orasidagi fikr almashinuvlar", - deydi Davlat kotibasi. Uning fikricha boshqa davlatlar o'z maxfiy ma'lumotlari fosh etilishini istamagan bo'lar edi.

"WikiLeaks" saytiga qo'yilgan 250 mingdan oshiq hujjatlar orasida Markaziy Osiyo rahbarlari va rasmiylari bilan uchrashuvlardan keyin Amerika diplomatlari yozgan xat, telegramma va hisobotlar o'rin olgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG