Bolqon davlatlari bo’ylab safar qilayotgan Amerika Davlat kotibasi Xillari Klinton Vashington Kosovo mustaqilligini qo’llab-quvvatlaydi, deya ta’kidladi.
Prishtinada so’zlagan vaziraning aytishicha, “Qo’shma Shtatlar bu yurt suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qiladi”.
Kosovo 2008-yilda o’zini mustaqil deb e’lon qilgan, lekin Serbiya hukumati hududni hamon o’z tarkibiy qismi deb hisoblaydi.
Oq uy Kosovoda qonun ustuvorligi tarafdori ekanini bot-bot eslatib keladi.
Mamlakat korrupsiyaga botgan, etnik serblar va albanlar o’rtasida ziddiyat kuchli.
Klinton kecha Serbiya poytaxti Belgradda rahbariyat bilan gaplashib, Kosovo masalasida murosaga undar ekan, nizo qancha tez unutilsa, Yevropa Ittifoqi va NATO eshiklari shuncha tez ochiladi, dedi.
Amerika davlat kotibi bugun, shuningdek, Xorvatiyaga borib, kelasi yil Yevropa Ittifoqiga kirishi bilan qutlaydi.
So’ng Klinton Albaniyaga jo’nab, mustaqillikning 100 yilligi munosabati bilan shodiyonada qatnashadi.